Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy
AL-JOMI' AS-SAHIH
(1-jild)
Arabchadan
Zokirjon Ismoil
tarjimasi
Qomuslar
Bosh tahririyati
Toshkent
1991
É
Ο
ó
¡
Î
0
«
!
$
#
Ç
⎯≈
u
Η
÷
q
§
9
$
#
É
ΟŠ
Ï
m
§
9
$
#
Shayx, imom va hofiz (Qur’on va hadisni yod biluvchi) Abu Abdulloh Muhammad ibn
Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’iyra al-Buhoriyni Alloh taolo rahmat qilsin, omin!
1-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga nechuk vahiy kela boshlagani
hamda Olloh taoloning “Biz senga Nuh va undan keyingi payg’ambarlarga
nechuk vahiy yuborgan ersak,shunday vahiy yubordik” degan qavli hususida.
Yahyo inb Sa’id rivoyat qiladilar: ”Umar ibn al-Xattob minbarda turganlarida: ”
Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman”, -dedilar:
”Darhaqiqat, barcha amallar niyatga yarasha bo’lg’usidir. Kimki hijratdan niyati dunyo
topmoq ersa, dunyoga erishg’usi, kimki hijratdan
niyati xotin olmoq ersa, xotinga
nikohlang’usidir. Demak ne niyatda hijrat qilganlig’i etiborga oling’usidir”
Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar,u
kishi ersa, Oisha onamizdan eshitgan erkanlar: ”Horis
ibn Hoshim (r.a) Rasulullohi alayhi va sallamdan: ”Yo Rasululloh, sizga vahiy nechuk
kelg’usidir”, - deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam “Menga vahiy, ba’zan
qo’ng’iroq ovozi yanlig’ kelg’usidir. Kuchli vahiy kelganda shunday bo’lg’ay.
Shunda men
butun borliqni unutg’um va vahiy so’zlarini uqib olg’umdir. Ba’zan esa, menga inson
qiyofasidagi farishta vahiy keltirg’ay, men uning aytganlarini yodlab olg’ayman”,-deb
javob qildilar”
Oisha (r.a) :”Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan
erdim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab
ketgan erdi”, - deb aytdilar.
Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan bunday deb naql qiladilar: ”Dastlabki
vahiy Rasululloh
sallolohu alayhi va sallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong
shaf
а
g’i yanglig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh
yolg’izlikni xushlaydigan bo’lib qoldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi
g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar erdilar. Shu boisdan ham o’zlari
birlan yegulik olib chiqib ketar erdilar. Yeguliklari
tugagach, Xadichaning huzurlariga