Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Xotini xasta bo'lgan kishiga shafqat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234
al adab ala mufrat

232-bob. Xotini xasta bo'lgan kishiga shafqat 
522. Ibrohim ibn Abi Abladan rivoyat qiliqdi, u kishi aytdilar: "Xotinim betob bo'lib qoldi. 
Shu vaqtda men Ummu Dardo (r.a.) oldilariga borardim. Ummu Dardo mendan: "Ahling 
(xotining) qalay?" - deb so'radilar. Men: "Xotinim hamon betob", desam, u kishi menga 
taom keltirib ovqatlantirib yuborardilar. Yana bir borganimda xotinimning holini 
so'radilar. Men: "Biroz tuzalib qoldi", degan edim, Ummu Dardo: "Xotinim betob deb 
yurganing uchun senga taom berar edim. Endi u tuzalib qolgan bo'lsa, men senga taom 
berolmayman", dedilar". 
233-bob. A'robiylarni ziyorat qilish haqida 
523. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) bir 
a'robiyning betobligini so'rash uchun kirdilarda: "Bu kasallikning senga zarari yo'q. Bu 
seni, inshoalloh, gunoxlardan poklaydi"dedilar. Shunda a'robiy: "Bu chol kishini qabrga 
olib borish uchun qaynab toshib turgan isitma-ku", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xayr, 
unday bo'lsa, sening aytganing bo'lsin!" - dedilar", deb naql qiddilar. 
Imom Tabaroniy rivoyatlariga qo'ra a'robiy ertasi kechquruts vafot etgan . 
234-bob. Bemorni ziyorat qilish fazilati 
524. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kim 
bugun erta bilan ro'zador bo'lib turdi?" - deb sahobiylarqdan so'ragan-larida, Abu Bakr 
Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz bugun bir bemor-ni 
borib ko'rdi?" - dedilar. Abu Bakr Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Qaysi 
biringiz biror kishiga janoza o'qishda hozir bo'ldingiz?", deb so'raganlarida ham Abu Bakr 
Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Bugun qaysi biringiz birorta miskinga 
taom berdi?" - deganlarida ham Abu Bakr Siddiq: "Men", deb javob berdilar", deb hikoya 
qila-dilar. Bu hadis roviylaridan Marvon degan kishi Rasululloh (s.a.v.)ning: "Mana shu 
xislatlar kimda jam bo'lgan bo'lsa, albatga jannatga kiradi", degan gapla-rini men ham 
eshitganman, dedilar. 
Boshqa bir rivoyatga ko'ra Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shu va'dalarini 
eshitib: "Yo Rasulalloh, shunday inii ikki dunyoda ham hasrat va zoelikni ko'rmagan 
bo'ladi, albatta", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Siz ham shunday kishilardan-siz, deb 
umid qilaman", dedilar  


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin