Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Xasta mo'minning savobi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   234
al adab ala mufrat

228-bob. Xasta mo'minning savobi 
508. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi betob 
bo'lib qolsa, u sog'lomlik vaqtida qilib kelgan amalidek savob yozilib boraveradi", 
dedilar". 
Ya'ni u kishi sog'lom vaqtida yaxiga amallarni qilgan va niyatida shu amalini davom 
ettirmoqchi edi, lekin betobligi bu niyatiga mone'lik qilgani uchun afsuslansa, 
sog'lomlikda qilgan amalining savobidek savobga ega bo'laveradi  
509. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh agar bir 
musulmonning jismiga dard bersa, xastalik muddatida sog'lik paytidagi qilgan 
ibodatlarining savobi yozilib boraveradi. Agar xastalik paytida uning ruhini qabz etsa, 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
uning barcha gunoxlarini avf etib, jannatga doxil qilur". 
510-hadis 509-hadisning takrori bo'lib, Anas ibn Molik bu hadisi sharifga "Shoyad 
xastaga shifo bersa, uni rohatga muyassar qilur", degan jumlani qo'shganlar. 
511. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ga bezgak kasalligi kelib, meni eng 
yaxshi ko'radigan kishilaringizga yuborsangiz, deb iltimos qildi. Rasu-lulloh (s.a.v.) uni 
ansorlarga borishga tavsiya qildilar. bezgak ular jismida olti kecha-yu olti kunduz turib 
qoldi. Bu hol ansorlarga og'ir tushdida, Rasululloh (s.a.v.)ga borib shikoyat qilishdi. 
Rasululloh (s.a.v.) ularning hovli va uylariga birma-bir kirib, Alloh taolodan shifo 
berishini so'rab, duo qildilar. Keyin qaytib ketayottanlarida bir xotin ergashib kelib: 
"Sizni payg'ambar qilib yuborgan Alloh nomi bilan qasam ichib aytaman, men ham, 
otam ham shu ansorlardanmiz. Ular haqiga duo qilganingizdek, mening haqimga ham 
duo qilsangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xo'p, agar istasang, men Alloh taolodan shifo 
berishini so'rab duo qilaman, istasang sabr etasan, Alloh taolo senga jan-nat beradi", 
dedilar. U xotan: "Unday bo'lsa men sabr etaman va jannatni hech narsaga 
almashmayman", dedi". 
512. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Menga tegadigan dardlarning eng yaxshisi bezgaqdir
chunki bezgak kelganda mening hamma a'zolarimga kiradi. Alloh taolo savobdan har bir 
a'zoimga o'z hissasini beradi". 
513. Abu Nuhayla (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishidan: "Bir duo qiling!" - deb so'radtsi. U 
kishi: "Ey, Alloh! Betoblikni kamaytir, ammo ajru savobini ka-maytirma", deb duo 
qildilar. Yana: "Duo qiling!" deyilganda, u zot: "Ey, Parvardigorim! Meni o'zingga yaqin 
kishilardan qilgin, o'z onamni esa, jannatdagi huri aynlardan qilgin!" - deb duo qildilar. 
514. Ato ibn Abi Raboh (r.a.)aytdilar: "Mendan Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Senga jannat 
ahllaridan bo'ladigan bir xotinni ko'rsataymi?" - deb so'radilar.Men: "Ha, ko'rsating", 
degan edim, u kishi: "O'sha mana bu qora xotin. U Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: 
"Men tutqanoq kasalligi bilan og'rib qolaman. Shunda o'zimni bilmay badanim ochilib 
ketadi. Men uchun bir duo qiling!" - dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Istasang sabr 
qilasan, senga jannat nasib bo'ladi. Istasang Alloh taolodan bu dardingga shifo berishni 
so'rayman", dedilar. U xotin: "Sabr etaman, lekin badanim ochilib qolishini qanday 
qilaman? Duo qiling, badanimning ochilishi yo'q bo'lsin", dedi. Rasululloh (s.a.v.) duo 
qildilar". 
515-hadis mazmuni 506-hadisda bor va bu Ibn Jurayjdan rivoyat qilingan. Abu 
Hurayradan rivoyat qilingan 516-hadis ham shu hadisning mazmushdandir. Jobir ibn 
Abdumohdan rivoyat qshingan 517-hadisda ham shu mazmun. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin