Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Silai rahm qilish haqida


səhifə13/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

26-bob. Silai rahm qilish haqida 
49. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.)ning safarlaridan 
birida bir a'robiy u zotga kelib: "Meni jannatga yaqin va do’zaxdan uzoq qiladigan 
amallarni menga aytib bering!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taoloning Uzigagina 
ibodat qilasan, unga hech narsani ibodatda sherik qilmaysan, Alloh buyurgan namozlarni 
vaqtida ado qilasan, molingdan zakotni berasan va silai rahm qilasan", dedilar. 
50. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh 
taolo xalqlarni yaratib bo’lganidan keyin rahm turdi. Alloh undan: "Nega turding?" - deb 
so’raganida u: "Ey, Rabbim, uzilib qolishdan panoh so’rovchi sifatida huzuringda 
turibman", dedi. Shunda Alloh taolo: "Ey, rahm, seni uzgan kishilardan marhamatimni 
uzsam va uzmaganlardan uni uzmasam shunga rozi bo’lasanmi?" - deb so’raganda, 
rahm: "Ey, Parvardigori olam! Men albatta bunga roziman", - degan edi. Alloh taolo: 
"Mening va'dam senga shudir", - dedi. Abu Hurayra (r.a.) shu Hadisni rivoyat 
qilganlaridan keyin:"Istasangiz "Muhammad" surasi 22-oyatni o’qib ko’ring! Bunda Alloh 
taolo: "Agar (imondan) bosh tortsangiz, aniqki, sizlar yerda buzg’unchilik qilarsizlar va 
qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta", - degan deb aytdilar". 
Rahm - qarindoshlik va bir-biriga bog’lanadigan nasab silsilasi . 
51. Alloh taoloning: "Qarindoshga, miskin va yo’lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) 
haqlarini ado eting"(17:26) - degan oyati haqida. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bu oyatni 
shunday tafsir qilganlar: "Bunda Alloh taolo haqlarning eng zarurini berishga buyurdi. 
Mablag’i bo’lsa, amallarning eng afzali bo’lgan qarindoshlarga, miskin va yo’lda qolgan 
musofirlarga berishga da'vat qildi. Agar mablag’i bo’lmasa, yuqoridagi kishilarga qanday 
muomala qilish kerakligini o’rgatib, "Agar Siz Rabbingiz (tomoni)dan bo’ladigan 
marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh, miskin, yo’lovchilardan) yuz 
o’giradigan (yordam bermaydigan) bo’lsangiz, u holda ularga yumshoq so’z ayting!" 
(17:28), ya'ni mana. mol kelib qolar, inshoalloh, mol kelishini kutib turibman kabi so’zlar 
bilan yaxshi va'da qil, deydilar. "Qo’lingni bo’yiningga sirtmoqlab qo’yma", ya'ni hech 
narsam yo’q deb, berishdan qo’lingni tortma."Qo’lingni juda yozib ham yuborma", ya'ni 
bor-yo’qingni berib ham yuborma. "U vaqtda malomatga qolasan", chunonchi keyin 
kelganlarga bera olmaganing uchun seni malomat qiladi. "Toliqib, qiynalib o’tirasan", 
ya'ni berib qo’ygan kishilaring seni mashaqqatga solib qo’ygan bo’ladi. 
Qo’lni bo’iishta sirtmoqlash - baxil bo’lishiga kinoya. 
Bu oyatning ikkinchi tafsiri: "Muhammad (a.s.)ning dinidan yuz o’girib, johiliyat 
zamonidagi kabi buzuqlikka yo’l qo’yish va qavm-qarindoshlar bir-biri bilan urishib
qarindoshlikni batamom uzib yuborganliklari kabi holga qaytmag’ingizni tilaysizmi . 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin