Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


səhifə101/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
borganlarida bemordan doimo: "Ahvoling qalay?" - deb so'rar edilar va qaytganlarida: 
"Alloh dardingni yengillatsin", deb duo qilar va shundan ortiqcha so'z aytmas edilar". 
241 -bob. Betobning javobi 
538-hadis. Ishoq ibn Said ibn Amr ibn Said otalaridan rivoyat qildilar: "Yusuf ibn Hajjoj 
urushda jarohatlangan Abdulloh ibn Umar (r.a.)ni ko'rgani kirdi va: "Qalaysan?" - deb 
so'radi. U: "Durust", deb javob qildi. So'ng Hajjoj: "Senga kim musibat yetkazdi?" - deb 
so'ragan edi. Abdulloh (r.a.): "Qurol taqish halol emas kunda uni taqishga amr qilgan 
shaxs", deb javob qiddi (Bu Hajjojning o'zi edi)". 
242-bob. Fosiq ziyorat qilinadimi? 
539. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.): "Mast qiladigan ichimliklar ichuvchi kishilar betob 
bo'lib qolganda ularni borib ko'rmanglar", dedilar. 
243. Betob erkakni ayollar ko'rishi haqida 
540. Horis ibn Ubaydulloh Ansoriy aytdilar: "Men Ummu Dardoni ko'rdim. U zotning 
mingan ulovlari ustida parda yo'q edi. U zot ansorlardan masjidga qatnab turadigan bir 
betob kishini ziyorat qilishga borayotgan edilar". 
244-bob. Bemorni ko'rgani borganda uning ayolmga qaramaslik haqida 
541. Abdulloh ibn Abi Huzayl Abu Mug'ira (r.a.) aytdi: "Abdulloh ibn Mas'ud bir necha 
kishilar bilan bir bemorni ko'rgani kirdilar. Bemor uyida bir xotin bo'lib, kirgan 
kishilardan biri unga tikilib Qarayverdi. Shunda Abdulloh: "Bu ayolga qarab gunohkor 
bo'lganingdan ko'zing teshilgani yaxshiroq edi", dedilar". 
245-bob. Ko'zi og'riganda borib ko'rish haqida 
542. Zayd ibn Arqam (r.a.) aytdilar: "Mening ko'zim og'rigan vaqtda Rasululloh (s.a.v.) 
ko'rgani keldilar-da: "Ey, Zayd! Agar ko'zing shu holaticha qolaversa nima qilarding?" - 
deb so'radilar. Men: "Shunda sabr qilgan va Alloh taolodan savob umid qilgan 
bo'lardim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ko'zing shu holatida qolib, sen unga sabr qilsang 
va Alloh taolodan savob umid qilsang, senga beriladigan savob jannat bo'ladi", 
dedilar".543. Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilindi: "Mu-hammad degan kishining 
suhbatdoshlaridan birining ko'zidyan nur ketdi. Kishilar uni ko'rgani borishganda, u: "Bu 
ikki ko'zim Nabiy muhtaram (s.a.v.)ga qarashim uchun menga kerak edi. Ammo 
Rasululloh (s.a.v.) bu dunyodan ketdilar. Endi menga shu ikki ko'zning nuri o'z joyiga 
kelishi uchun Tabbola kiyiklaridan bitta kiyik berishga rozi bo'lasanmi, deyilsa, men rozi 
bo'lmas edim", - dedi". 
Tabbola - Yamandagi bir shahar nomi. Yoqut Hamaviy "Mu'jam al-butdon" ("Mamlakatlar 
to'plami") nomli asarida bu Tuhomadagi Tabbola bo'lmasa kerak, deydi. Ya'ni 
Tabbolaning arzimas bir dona kiyigi men uchun ikki ko'zimdan qiymatliroq bo'ladi yoki 
endi ko'zsiz hayot kechiraversam ham bo'ladi, demoqchi bo'lsa kerak  


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
544. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh 
(s.a.v.)dan: "Allohu azza va jalla bir bandani o'ziga sevimli ikkita a'zosi (ya'ni ikki ko'zi) 
bilan mubtalo qilsam, keyin u shunga sabr qilsa, badaliga jannatni beraman", degan 
hadislarini eshitdim". 
545. Abu Umoma (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) 
aytdilar: "Alloh taolo: "Ey, Odam farzandi! Men sening ikkita nozik a'zoyingni (ko'zingni) 
olsam va shu musibatga duchor bo'lganingga sabr etsang va shunga mendan savob 
umid qilsang, senga jannatdan bo'lak savob berishga men rozi bo'lmayman", deydi". 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin