Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
95
shori' (qonun chiqaruvchi) tomonidan ruxsat berilganda sahroga chiqib ketish bundan
mustasno
263-bob. Qishloqlarda istiqomat qiluvchi kishi haqida
591. Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Ey, Savbon! Kimsasiz
va pastqam joylarda o'garma. Chunki unday yerlarda o'tirish qabr ichida o'tirish
bilan
barobardir". Roviy Axmad ibn Osim: "Kufr kimsasiz joylar kabidir", deb qo'shimcha
qiddilar.
592-hadis ham Savbondan rivoyat qshingan bo'lib. 591-hadisning aynan o'zidir.
264-bob. Oqar suv yoqasida o'tirmoq haqida
593. Shurayh aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.) cho'lu sahrolarga
chiqarmidilar?" -deb so'radim. Hz, Oyisha (r.a.): "Albatta, ana shu oqar suvlarning
oldigacha kelar edilar", deb javob berdilar".
594. Amr ibn Abdulloh aytdilar: "Muhammad ibn Abdulloh ibn Usaydni ko'rib qoldim.
Ustiga ixrom yopilgan hayvonga minib ketayotgan ekan.
Ixrom hayvonning yelkasidan
to oyog'igacha tushib turar edi. Men undan: "Nega buni hayvon ustiga yopding?" - deb
so'radim. "Otam Abdullohning shunday narsa yopganini ko'rgan edim", deb javob berdi.
265-bob. Sir saqlamak va gap tashimaslik haqida
595. Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn
Abdulqoridan rivoyat qilindi, u kishi: "Hz. Umar ibn
Xatgob (r.a.) ansorlardan bir kishi bilan o'tirgan edilar. Shu vaqtda Abdurraxmon ibn
Abdulqori (otam) kelib, ular yonida o'tirdilar. Shunda hz. Umar (r.a.): "Oramizdagi
gapni
odamlarga borib aytib yuradigan kishini biz xoxda-maymiz", dedilar. Abdurrahmon hz.
Umar (r.a.)ning gaplariga javoban: "Men o'zim shunday (ya'ni mendan kishilarning
gapini so'raydigan) kishilar bilan o'ti-rishmayman", deganlarida, hz. Umar (r.a.): "Bu
fikring noto'g'ri, ular bilan ham o'tirishaver, lekin bizning gapimizni izhor qilma (sirni
saqla)", dedilar, keyin ansorlarga qarab: "Odamlar
mendan keyin kimning xalifa
bo'lishini mo'ljal qilishayotibdi?" - deb so'radilar. Ansorlar muhojirlardan bir necha
kishilar nomini aytib shular xalifa bo'ladi deyishayotibdi.dedilaru, lekin hz. Ali (k.v.)ning
is-mlari bular ichida zikr qilinmadi. Shuning uchun hz. Umar (r.a.): "Ular nima uchun
Abulhasan (hz. Ali (k.v.)ni tilga olishmadi? Men Alloh
nomi bilan qasamyod qilamanki,
agar hz. Ali ularga xalifa bo'lsa, hammalarini to'g'ri, haq yo'lda olib borishga boshqa
kishilardan ko'ra munosibroq bo'lardi", dedilar".
1 Arab tilidagi "ihrom", "ehrom" va "ixrom" so'zlarining farqini aniqdab o'tishgga to'g'ri
keladi: "ihrom" - buyuk inshoot. "ehrom" - hajga otlanganlarning yupqa matodan
tikilgan oppoq kiyimlari. Ixrom - oqjundan to'qilgan mato bo'lib, uni ulovning ustiga ham
yopganlar hamda kiyym sifatida foydalanganlar. Aslida Qadimgi yunonlar va
rumoliklarning ustki kiyimi bo'lgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: