Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
97
qilsa, o'chi olib beriladi
602-hadis 565-hadisning aynan takrori.
603. Fuadul ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Uch
toifa kishklar so'roqsiz jahannamga otiladi: 1. Islom jamiyatidan ajrab, Yaratuvchisiga
isyon qilgan osiy. 2. O'z xo'jasidan qochib ketgan cho'ri yoki qul. 3. Eri tirikchilik
asboblarini batamom to'g'rilab, safarga chiqib kettanidan keyin, o'zi-ni bejab,
begonalarga aralashib, o'z iffatini saqlamay yurgan xotin. Yana uch toifa kishilar haqida
ham so'ralmaydi. Birinchi: Alloh rabbil olaminning o'ziga xos bo'lgan katgalik va izzat
kiyimini men kiyaman, deb nizo qilgan kishi, ikkinchi: Alloh azza va jallaning ishiga shak
va shubha bilan qarovchi kishi, uchinchi: Alloh taoloning rahmatidan umid uzguvchi
kishi", dedilar.
Kattalik va izzat kiyimidan murod - men hammadan kattaman, quvvatliman, deb da'vo
qilgan kishi.
604. Bakkor ibn Abdulazizning bobolari Abdulloh ibn Abu Bakr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u
kishi ayt-dilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo har bir gunohning jazosini istasa,
qiyomat kuniga qoldiradi, ammo zulm qilish, ota-onaga oqq bo'lish va qarindoshlikni
uzish gunohining jazosini o'lishdan ilgari shu dunyoning o'zidayoq ko'rsatadi", dedilar".
605. Yazid ibn Asammudan rivoyat qilindi, u kishi dbu Hurayraning: "Sizlardan bittangiz
o'z biroda-rining ko'ziga tushgan chang-to'zonlarni ko'radiyu, ammo o'zining ko'ziga
tushgan cho'p yoki daraxt novdasini ko'rmaydi", degan gaplarini eshitdilar.
606. Muoviya ibn Kurra (r.a.) aytdilar: "Men Ma'kil Mazaniy (r.a.) bilan birga edim. U
kishi (odamlarga) ozor beradigan bir narsani olib, chetga qo'ydilar. Shunda men ham bir
narsani ko'rdimda, u kshpidan oldinroq borib, uni olib tashladim. Ma'kil: "Nima uchun
bunday qilding?" - deb so'radilar. Men: "Siz qijaningizni ko'rganimdan keyin men ham
shunday qiddim", dedim. U kishi: "Yaxshi qilding, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim
musulmonlar yuradigan yo'ldan ularga ozor beradigan narsani olib tashlasa, unga
hasana (bir yaxshilik) yoziladi. Uning hasanasi qabul qilinsa, jannatga kiradi", degan
so'zlarini o'z og'izlaridan eshshtanman", dedilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: