Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
137
875. Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Hz. Oyisha "Yo Rasulalloh!
Boshqa ayollaringizni
kunyalagan ekansiz. Meni ham kunyalamaysizmi? - dedilar. Rasululloh Abdulloh ibn
Zubayr (r.a.)ni (ya'ni meni) ko'rsatib: "O'g'ling bilan kunyalan", dedilar.
Ya'ni kunyang Ummu Abdulloh bo'lsin.
378-bob. Kishining o'zidagi biron belgi bilan kunyalash haqida
876. Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilindi: "Hz. Ali (k.v.)ga yoqimli ism Abu Turob edi. Kim u
kshpini
shunday deb chaqirsa, xursand bo'lardilar. U kishini fa-qatgina Rasululloh
(s.a.v.) bu kunya bilan ataganlar. Bir kuni hazrat Ali hz. Fotima (r.a.)dan xafa bo'lib,
uydan chiqib ketdilar va masjidning devoriga suyanib oddilar. Rasululloh (s.a.v.)
kelib u
kishini so'radilar, devorning tagida o'tirganlarini aytishdi. Payg'ambar (s.a.v.) u kishining
oddilariga keddilar. Hz. Alining orqalari tuproqqa belanib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.)
u kishini turg'azib, ustboshlarini qoqib qo'ydilar va: "O'tir, Abu Turob", dedilar".
"Abu Turob" bu o'rinda "Tuproq otasi" degan ma'noda emas, balki Ali (k.v)ning ust-boshi
tuproq bo'lib ketgani uchun Rasululloh (s.a.v) majoziy ma'noda uni shunday deb
kunyalaganlar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: