Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
139
890. Urva naql qildi: "Hz. Oyisha (r.a.) dedilar: "She'rning yaxshisi ham bo'ladi,
axloqsizi ham. Yaxshisini oling, axloqsizlarini tashlang".
891-hadis 342-bobdagi 815-hadsjing takrori, faqat bunda roviy aniq emas. 892-hadis
883 va 885-hadislarning takrori, fadat bundaAnas ibn Sari' deyil-gan, tahrirda Asvad
nomi Anas bo'lib xato ketgan bo'lishi mumkin. 383-bobdagi 893-hadisda 346-bobdagi
822-hadis mazmuni takrorlangan, faqat bunda Rasu-lumoh (s.a.v.): Umayyaning
she'rlaridan uning yaqinda musulmon bo'lishji angla-sa bo'ladi", deb marhamat qildshar.
384-bobdagi 894-hadis 884-hadisning tak-Rori, faqat bu hadis Abdulloh ibn Umardan
rivoyat qilingan.
385-bob. Shoirlarga ergashmoq haqida
894. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning ushbu: "Shoirlarga yo'ldan
ozganlar ergashurlar. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?
O'zlari qilmagan narsalarni gapirishlarini ham?" (26:224, 225, 226) - degan oyatlari
tushgach, unga ushbu istasno oyati ham tushdi" - deb "Shuaro" surasining 227-oyatini
o'qidilar.
385-bobning 896-hadisi ham 894-hadisning takroridir.386-bob. Bayonning jozibador,
sehrli usuli haqida
896. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kishi yoki bir a'robiy Rasululloh (s.a.v.)ning
oldilariga keddi va ochiq, go'zal jumlalar bilan so'zladi. Payg'ambar ^s.a.v.) (uning
gaplarini yoqgirib): "Bayon uslubida ham joziba bordir, ba'zi she'rlar hikmatdir", dedilar.
897. Amr ibn Salomdan rivoyat qilindi: Abdulmalik ibn Marvon farzatstsiga Sha'biyni
tarbiyachi qilib olib keddi va: "Ularga she'r (san'atini) o'rgatginki, el ichida bu borada
mashhur bo'lsinlar; ularga go'sht berginki, yuraklari baquvvat bo'lsin; ularning sochlarini
olib turginki, bo'yinlari mustahkam bo'lsin; ular bilan odamlarning sharaflilari yonida
o'tirginki, toki ular bilan munozara qila bilsinlar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: