Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
171
1115. Bani Omir qabilasidan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Kirsam
bo'ladimi?" - dedy. Rasuli akram (s.a.v.) joriyaga: "Kelgan
odamga chiqib ayt,
"Aesalomu alaykum, kirsam maylimi?" - desin, chunki u chiroyli izn so'ramadi", dedilar.
U odam aytdi: "Men u zotning gaplarini joriya odtsimga chiqmasidan oldin eshitdim, (u
chiqqach): "Assalomu alaykum, kirsam maylimi?" - dedim. Ul zot; "Vaalaykum, kir"
dedilar. Men kirib (ul zotga): "Qanday narsa (din) keltirdingiz?" " deya so'radim. Ul zot:
"Faqat ezgulikdan olib keldim: hech qanday sherigi yo'q yolg'iz
Allohga ibodat qilishingiz,
Lot va Uzzoga ibodat qilishingizni tashlashingiz uchun yuboridtsim. Bir kecha-kunduzda
besh mahal namoz o'qiysiz. Bir yilda bir oy ro'za tutasiz, ushbu bayt (Ka'ba)ni
ziyorat
qilib haj qilasiz. Boylaringiz mollaridan kambag'allaringizga berasiz", dedilar. Men: "Siz
bilmaydigan biror ilm bormi?" - deb so'radim. Ul zot: "Alloh (barcha narsani) yaxshiroq
bilguvchidir. Faqat Allohga ma'lum ilmlar bor.
Beshta narsa borki, uni Allohdan boshqa
hech kim bilmaydi: "Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi
to'g'risida) bilim bordir. U (xohlaganicha) yomg'ir yog'dirar
va bachadonlardagi narsa
(homila)ni bilur. Biror jon er-taga nima qilishini bilmas. Biror jon qaerda o'lishini ham
bilmas..." (31:34).
Yüklə
Dostları ilə paylaş: