Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
yurardim", deydilar.
Ya'ni uning ta'sirida Rasulullohga ba'zan betoblik oriq bo’lardi, uni men qizil
o’ngachlarining rangi o’zgarganidan yoki uning turtib chiqqanidan va yallig’lanishidan
sezar edim, demoqchi.
245. Vahb ibn Kaysan dedi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) minbarga chiqib: "Afvni (qabul
qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o’giring!" (7:199)
- degan oyati
karimani o’qib, "Alloh taolo afv qilishni ol, deb buyurdi. Uning nomi bilan qasamyod qilib
aytamanki, Alloh taolo afv qilishni faqat kishilarning axloqidan olishga buyurdi. Men
kishilar
bilan suhbatlashar ekanman, afv qilishni albatta ularning axloqidan olaman",
degan edilar.
246. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga islomni
o’rgatinglar, ularga qiyin emas, yengil yo’lni ko’rsatinglar,
qachon jahlingiz chiqsa, jim
turishga o’rganing", dedilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: