Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
qiladi", dedilar. Ular: "Buni ham qila olmasachi?" - deganlarida, "Yaxshilikka buyuradi",
dedilar. Ular: "Amri ma'ruf qilishni ham bilmasachi?" - Deyishdi. "Kishilarga yomonlik
qilishdan o’zini saqlaydi. Bu ham kishi uchun sadaqa bo’ladi", dedilar".
227. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga: "E RasulAlloh! Davlati bor kishilar
ko’p savoblarga ega bo’lishadi, chunki ular biz o’qigan namozimizni o’qiydilar, tutgan
ro’zamizni ham tutadilar. Buning ustiga ortiqcha mollaridan sadaqa ham qiladilar",
deyiladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo sizlarga ham sadaqa hisoblanadigan
ishlarni bergan emasmi? har bir subhonAlloh, alhamdulilloh deganlaringiz - sadaqa va
har biringizning o’z jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilib, nafsini qanoatlantirish ham
sadaqadir", dedilar. Ular: "Yo RasulAlloh! Jinsiy aloqa qilish ham sadaqa hisoblanadimi?"
- deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Agar shahvatni haromga sarflasa gunoh bo’larmidi?
Xuddi shunga o’xshash o’z haloliga sarflasa, ajr va savob bo’ladi", dedilar.
228-hadis 227-hadisning aynan takrori.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: