Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
joizdir, aks holda yoshining e'tibori yo’q, Rasululloh (s.a.v.)ularning ilmda va qiroatda
tengligini bilganlari uchun bu shartlarni zikr qilmadilar.
109-bobdagi 214-hadis ham. mazmunan 206-hadisning takrori, faqatunda xotin kishi
xonadonning muhofazakori ekanligi ta'kidlanadi.
110-bob. Yaxshilikka yaxshilik qilish haqida
215. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):"Kim moddiy jihatdan birovga
yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa,
u kishini
g’oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o’rnida o’tadi. Ammo u kishining
yaxshiligini yashirsa,
undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo’ladi. Kim o’zida yo’q
narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o’ralgan
hisoblanadi", dedilar".
Ya'ni u ikki barobar yolgondir .
215-hadis. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Kim Alloh taoloning
panohiga Sig’inib sizlardan yordam so’rasa, unga yordam qiling. Allohni vosita qilib biror
narsa so’rasa, so’ragan narsasini bering. Birov
sizga moddiy yaxshilik qilsa, yaxshiligini
qaytaring! Agar uni qaytarishga qodirbo’lmasangaz, u kishi haqiga duo qiling, toki u
odamning qilgan yaxshiligi bekorga ketmaganini bilsin", dedilar".
216. Ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildi: "Kimki
Allohga sigansa, uni muhofaza qiling. Kim Alloh uchun biron nima so’rasa, uni bering.
Kim
sizlarga yaxshilik qilsa, siz ham o’shandoq yaxshilik bilan qaytaring. Agar yaxshilik
qilish uchun biron nima topa bilmasangiz, uni duo qilingki, yaxshiligiga
javob qaytargan
bo’lasiz".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: