3-MAVZU. Vatanimizda tabiiy fanlarni o`qitishni takomillashtirishga hissa qo`shgan olimlar
Reja: 1. O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilg’or g’oyalari. 2. Buyuk Osiyo mutafakkirlar( Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur). Ma'lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi o’zining uzoq o’tmishiga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo’lmay turib, o’simlikshunoslik va chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish mumkin emas. Tabiatshunoslik fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon biologiya fanlarining o’rni beqiyosdir.
Inson hayot kechirishining zaruriy omili bo’lib hunarmandchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog’ochlar bilan hayvonlar ovlangan, tirikchilik qilingan, ularning mahsulotlaridan zarur buyumlar yasagan, bu o’z navbatida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib kelgan.
Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida oromiy yozuvi, so’ng sug’d, baqtriya va urxun-yenasoy yozuvlari vujudga keldi. Keyinchalik yozuvlar muttasil o’zgarib, takomillashib bordi. Shu bilan birga tabiat, borliq, o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya va chuqurlasha bordi, tabiiyot fanlari, u o’rganayotgan jarayonlar hamda hodisalar haqidagi tushunchalar ham takomillashdi.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta'limotlar Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlarida o’z ifodasini topgan. Bu mutafakkirlarning asarlari astro-nomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, musiqa, metrologiya, topografiya, harbiy fanlar, axloq, siyosat bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik, ov san'ati, tibbiyot va tabiiyot kabi fanlarning rivojlanishiga ilmiy asos bo’ldi.
Uyg’onish davridagi tabiiyot ilmining, shuningdek, Garbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo’ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o’sib borish, o’zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy va sun'iy tanlash masalalari O’rta Osiyo olimlari tomonidan g’arbiy Yevropa olimlaridan 800 - 900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.