Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
105-bob. Alloh va xo’jasining haqini o’tagan qul
208. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:
"Musulmon bir qul Allohning va xojasining haqini halol o’tagan qulga ikki karra mukofot
bordir".
106-bob. Qulni nima deb chaqirish kerak?
209. Abu Hurayra (r.a.)dan
rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech
biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va hamma
ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa
durustdir", dedilar".
107-bob. Qul xujasiga nima deb xitob qilsin?
210. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Raslulloh (s.a.v.): "hech bir
kishi qulim va cho’rim
deb aslo aytmasin, qul ham xo’jasini rabbim (tarbiyachim)
demasin. Xo’ja ularni yigitim, qizim deyishi va qul esa xo’jam demagi kerak. Chunki
haqiqiy tarbiyachi Alloh taoloning o’zidir", dedilar".
211. Mutarrif rivoyat qildilar: "Otam shunday dedilar: "Men Bani
Omir qabilasining
vakillari bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Shunda hamrohlarim Rasululloh
(s.a.v.)ga: "Siz bandalarning sayyidi, xo’jasisiz", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.):
"haqiqiy sayyid Alloh taolodir", dedilar. Ular yana: "Siz ortiqlikda hammamizdan
afzalroqdirsiz va ehson qilishda ham hammamizning ulug’rog’imizsiz", deyishdi.
Shunda
Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar menga o’zlaringizning oddiy gapingizni gapiravering. Shayton
sizlarni o’z yo’liga yurgazib ketmasin", dedilar".
Rasululloh (s.a.v.) nihoyatda tavozeli bo’lganlari uchun arablarning "Sayyiduna va
Mavlono" deydigan va O’rta Osiyo xalqlarining "Taqsir, janoblari" kabi hurmat tariqasida
aytadigan gaplarini o’zlariga aytilishini istamas va shunlay muomala qilmaslikni
ummatlariga ham o’rgatmoqchi edilar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: