Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Alixonto’ra Sog’uniy
TARIXI MUHAMMADIY
SO‘ZBOSHI
Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,
xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Qur’oni karim tarixi.
III. Dini Islom tarixi.
IV. Ka’batulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir — Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb
ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.
Dostları ilə paylaş: |