Muhammadiy Quddus hayoti va ijodi Bajardi: Eshmurodova Iroda Guruh: 559 Muhammadiy Quddus hayoti va ijodi



Yüklə 28,42 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü28,42 Kb.
#167505
Muhammadiy Quddus hayoti va ijodi






Muhammadiy Quddus hayoti va ijodi
Bajardi: Eshmurodova Iroda
Guruh:559

Muhammadiy Quddus hayoti va ijodi
Q. Muhammadiy — O‘zbekistonning yetakchi shoirlaridan biri, 1907 yil Toshkentda dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Otasidan erta ayrilib, Quddus bolalar uyida tarbiyalanadi. Quddus, avvalgila qishloq xo‘jalik texnikumida, so‘ngra O‘rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil olib, o‘qishini maktabdagi pedagogik faoliyati bilan uyg‘unlashtiradi. O‘z she’rlari bilan u bosmada 1935-1936 yillar paydo bo‘lgan.
Ulug‘ Vatan urushi yillari Muhammadiy Samarqand viloyatining Narpay tumanida taniqli o‘zbek shoiri Islom Shoirning qo‘lida kotib va ijodiy yordamchi bo‘lib ishlaydi.
Urushdan keyingi yillar — Quddus Muhammadiy ijodining gullagan pallasi. U tomonidan bu vaqt ichida o‘ndan ziyod she’riy to‘plamlar, bolalar uchun ertaklar va dostonlar chop etilgan.
Muhammadiy ijodining alohida jihati bolalar hayoti, ularning hayollari, hissiyot va ichki kechinmalari borasidagi bilimlari, mohirona kuzatuvchanlik, chuqur insoniy fe’l-atvor va hajviy quvnoq vaziyatlarni yarata olishdir.
Q. Muhammadiy tabiatni juda yaxshi ko‘rgan va o‘z she’rlarida ona yeri - O‘zbekistonning suratini ifodalagan. Shoir tabiatning faqat go‘zalligini tasvirlamagan. Inson tomonidan sayqallangan tabiat haqida uning “Tentaksoy daryosi” she’rida gapiriladi. Tabiat insonga xizmat qilishi lozim, bu haqda Muhammadiyning “Erkinjon nimalarni orzu qiladi” she’ridagi yosh qahramonlardan biri so‘zlaydi.
Qudduq Muhammadiy she’rlari mehnatga bo‘lgan sevgi va hurmat, foyda sari intilish ila tarannum etiladi.
Muhammadiy non qanday qilinishi, barcha bolalarning sevimli shirinligi xolvaning tayyorlanishi va shoyi qayerdan olinishini qiziqarli qilib so‘zlab bergan.
Uning she’rlari vatanimizning ko‘plab xalq tillarida jaranglagani kabi, xorijda ham taniqli. Q. Muhammadiyning “She’r va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Qirq o‘g‘il, qirq qiz”, “Mehribon do‘stlar”, “Ochil dasturxon!”, “Erkinjon nimalarni orzu qiladi”, “Nurli koptok”, “Tabiat alifbosi” kabi kitoblari S. Marshak va A. Barto, S. Mixalkov va Ye. Blaginina, O. Visotskaya va N. Grebnevlar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.
Q. Muhammadiy she’riyatini uch manba oziqlantiradi: o‘zbek milliy folkloriga yaqinlashuv, bolalarga muhabbat va mehnatning muhimlik mohiyatini hayot asosi o‘rnida tushinish. Shoirning har bir satri katta va ibratli malaka bilan yozilgan.
AHMADJONNING KITOBXONLIGI

Hay-hay chiroyli kitob, 
O’qimokqa juda bop. 
Bizning Ahmad qayokda? 
Qidirgani bu yoqda.

Ahmadjon kelib qolar, 
Kitobni qo‘lga olar.
Bir-bir varaqlar sekin, 
Rasmi kam ekan lekin.

Ana sichqon, mushukvoy, 
Ana xo‘roz, kuchukvoy. 
Ana mug‘ambir tulki, 
Pisib turishi kulki.

Ana o‘rdak, ana g‘oz, 
Ana maymun - sho‘x darvoz. 
Xo‘roz qichqirar: «Qu-qu!» 
Bunday yo‘lbars, sher yo‘g‘-u...

Shu bilan qolar kitob, 
Go‘yo o‘qiydi hisob. 
Talabimiz Ahmaddan, 
Ko‘rganini – suvratdan

Bizga ham aytsin, qani, 
Kitobda hamma ma’ni. 
Xameleon degan jonvor 
Nechun uzun tili bor?

Olmaxon nozik hayvon 
Nechuk dumi kattakon? 
Hammadan qiziq ukki, 
Tumshug‘i Efi-dukki.

Nechun yurmas kunduzi, 
Nega yonadi ko‘zi? 
Juda qiziq shaparak, 
Xuddi jajji charxpalak.

O’rdakning bag‘ri yoyiq, 
Gavdasi misli qayiq? 
Savolim bo‘ldi odosh, 
Javob kutaman, yo‘ldosh!

SHE’RIM, OCHIL DASTURXON

She’rim, ochil dasturxon, 
She’rim - ochiq dasturxon. 
El o‘g‘lin qilay mehmon, 
Bo‘layin ulkan mezbon. 
Shoiringman mehribon, 
Qilgim kelar ulkan ish, 
Dunyoda eng ko‘rkam ish. 
She’r bulog‘im qayna, jo‘sh, 
She’rjonim, bo‘l oqqush, 
She’rim hayot bog‘bonim, 
She’r askarim - posbonim. 
Pahlavon beozorim, 
Ko‘ngillarni yozarim, 
Yuragim osmonisan, 
El-yurtim posbonisan, 
Tinchligim kaptarisan, 
O’quvchim daftarisan. 
Qadrdon maktabimsan, 
Yuragim, rubobimsan. 
Sensan qo‘shiq, ulkan kuy, 
Sen kirmagan biron uy, 
Sen bo‘lmagan bayram, to‘y, 
Qolmasin hech bir elda. 
Yangra she’rim, ming tilda.
Xalq yuragin makon et, 
Xalqim ko‘nglin osmon et. 
Yoqimli bo‘l havodek, 
Jon ozig‘im navodek, 
Jon bag‘ishla o‘likka, 
Zavq bag‘ishla tirikka. 
She’r desam jonim erir, 
Jonu jahonim erir. 
Onamning allasi she’r, 
Hofizlar yallasi she’r. 
Xalqimga madadkorim. 
«Hayt» tuyaga madorim.
She’rim, ochil dasturxon, 
She’rim - ochiq dasturxon.

BAHOR KELDI

Qo‘llarida soz bilan, 
Gul g‘uncha parvoz bilan, 
Silkinib parvoz bilan, 
Uchib turna, g‘oz bilan, 
Qadrdon bahor keldi.

Bahorni kuting bog‘da, 
Bog‘ emas, dala, tog‘da, 
Maysa yashnagan chog‘da, 
Qushlar sayrar butog‘da, 
Sevikli bahor keldi.

Har narsada o‘zgarish, 
Erib, oqib jo‘nar qish. 
Har yoqda yashnar turmush, 
O’rik gulladi kumush, 
Mehnat bahori keldi.

Bezanar maktab bogi, 
Gulga to‘lib quchog‘i. 
Toshar hayot irmog‘i, 
Maktab dam olar chog‘i, 
O’quvchi, bahor keldi.

O’tmasin go‘zal fursat,
Qani g‘ayrating ko‘rsat. 
Imtihon, sinovga vaqt 
Hozirmi, darslaring taxt, 
Hushyor bo‘l, bahor keldi.
Yüklə 28,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin