Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
ansorlardan bir nechtasi bilan o’tirib ichkilik ichdik. Shunda ulardan
bittasi tevaning iyagi
bilan mening burnimga urdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borganimda, Alloh
taolo ichkilikni harom qilib oyat tushirdi (2:219) , dedilar.
1 Vasiyat haqida oyat yoq, bu haqdagi hukm Rasululloh hadislari bilan sobit bo’lgan .
2 Bir qator mufassirlar ichkilikning ma’n etilishi uch bosqichdan iborat ekanligini
ko’rsatib o’tganlar. "Umar ibn Xattob .
25. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari Asmo' (r.a.) aytdilar: "Onam
biror narsa umidida
huzurimga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)dan: "Onam kelib qoldi. Unga silai rahm qilib
biror narsa bersam bo’ladimi?" - deb so’radim. "Ha, silai rahm qilsang bo’ladi", dedilar".
Ibn O’yayna (r.a.) aytdilar:"Alloh taolo: "Din to’g’risida sizlar bilan urushmagan va
sizlarni o’z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz
va ularga adolatli bo’li-shingizdan Alloh sizlarni qaytarmas" (60:8), degan oyatni
tushirdi".
Asmo'ning onasi Qayla bint Abdu-l-Izzi Islomni qabul qilmagan edi .
26. Abdulloh ibn Umar (r.a.)aytdilar: "Otam Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)
ipakdan ikki
qavat tikilgan bir kiyimni sotib olshpni janob Rasulullohga tavsiya qilib: "Yo Rasulalloh,
buni jum'a kunlari va atrofdan elchilar kelganda kiyib chiqasiz", dedilar. Rasululloh
(s.a.v.) otamning takliflarini qabul qilmay: "Bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo’q
kishilar kiyadi", dedilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.)ning o’zlariga shunday
kiyimlardan qanchasi hadya sifatida kelib qoldi-da, undan bittasini otamga yubordilar.
Otam: "Yo Rasulalloh,
buni men nima uchun kiyaman, axir o’zingiz bunday kiyimni
oxiratdan nasibasi yo’q kishilar kiyadi", degan edingizku, deganlarida, Rasululloh: "Men
sizga kiyasiz deb emas,
balki sotib, aqchasini biror hojatingizga yaratarsiz yoki biror
kishiga kiydirarsiz, deb yubordim", dedilar. Hz. Umar (r.a.) o’sha kiyimni hamon
musulmon bo’lmagan bir birodarlariga yubordilar".
Boshqa sahobiylar may aql va boylikni ketkazuvchi ofat ekanidan Payg’ambar (a.s.)ga
shikoyat qilganlaridan keyin "Baqara" surasining mazkur oyati (219-oyati) vahiy
qilingan. Ikkinchi bosqich-Abdurrahmon ibn Avf mast holda imomlik qilganlarida, oyatni
qo’pol ravishda buzib qiroat qilgan.Shundan keyin "Niso" surasining 43-oyatida mast
holatda namozga yaqinlashmaslik buyurilgan. Uchinchi va oxirgi bosqich - Atbon ibn
Molik degan sahobiyning uyida ziyofat paytida mast bo’lib qolgan mehmonlar o’zaro
janjallashib qolganlar. Shundan keyin Umar ibn Xattob (r.a.) Allohga iltijo bilan:"Ey,
xudoyim, may to’g’risida keskin bir hukm nozil et!" - deb duo qilganlarida "Moida"
surasining 90-oyati bilan may ichish qa’tiy ma’n etilgan" (shayx Abdulaziz Mansur,
"Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi va tafsiri, "Toshkent Islom universiteti matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2004, 34-bet).
Yüklə
Dostları ilə paylaş: