Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
37. Muhammad ibn Sirin (r.al.) aytdilar: "Kechalarning birida biz Abu Hurayra (r.a.)
yonlarida bo’ldik.Shunda Abu Hurayra (r.a.) o’zlari: "Ey, Alloh! Abu Hurayraning ham,
onasining ham gunohlarini kechirgin va ikkimiz uchun istig’for etgan kishilarning ham
gunohlarini kechirgin", deb duo qildilar. Abu Hurayra (r.a.)ning shu duolariga kirib qolish
uchun biz o’sha ona-bola (Abu Hurayra bilan onalari) haqiga istig’for etib yuramiz",
deydi.
38. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Banda vafot etgandan keyin undan
uchta narsadan bo’lak amallari uzilib qoladi: sadaqai joriya; odamlarga manfaati tegsin,
deb yozib qoldirgan ilmiy asarlari va o’zi haqiga duo qilib turadigan solih farzandlar",
dedilar.
Sadaqai joriya - yo’q bo’lib ketguncha xalqlar foydasiga xizmat qiladigan (ko’prik,
masjid, madrasa, yo’l va boshqa binolar, shuningdek, foydasi tegadigan kitoblar kabi)
narsalardan iborat.
39. Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Yo Rasululloh! Mening onam hech narsani vasiyat qilmay
vafot etib ketdi.Endi men onam uchun sadaq-ehson qilsam unga savobi yetadimi?" - deb
so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, uning uchun sadaqa qilsang, savobi albatta tegadi",
dedilar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: