Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
qalbga ega. Biz hammamiz shu ulkan Qalbning qismlarimiz, shuning uchun o‘zimizga, 
uning mudom ezgulik qilishi haqida, hisob bermaymiz. Ammo sen, o‘sha do‘konda 
ishlagan paytingda billur omadingga imkon tug‘dirganini tushunishing kerak edi. 
Santyago miq etmay goh oyga, goh oppoq qumga qarab qo‘yib, uning gaplarini eshitdi. 
— Men karvonning sahroda qanday yurishini ko‘rdim, — dedi u nihoyat. — Karvon sahro 
bilan bir tilda muomala qiladi, shuning uchun ham sahro uning yo‘lini ochib qo‘yadi. 
Sahro uning har bir qadamini nazorat qiladi va sinovdan o‘tkazadi, agarda o‘zi bilan 
uyg‘unligiga ishonch hosil qilsa, uni vohaga o‘tkazadi. Bu tilni bilmagan kishi, qanchalik 
jasur bo‘lmasin, safarning boshidayoq halok bo‘ladi. 
Endi ular ikkalasi ham oyga qarashardi. 
— Bu o‘sha belgilar sehrining ayni o‘zi, — davom etdi Santyago. — Men tuyakashlarning 
sahro belgilarini qanday uqishlarini ko‘rdim — karvon qalbining sahro qalbi bilan 
sirlashishi bu. 
Uzoq jim turganidan so‘ng, nihoyat angliyalik so‘z qotdi:
— Ha, aftidan, karvonga zehn solib qarashim kerakka o‘xshaydi. 
— Men esa sening kitoblaringni o‘qishim kerak, — javob qildi bo‘zbola. 
Bu kitoblarni tushunish qiyin edi. Ularda simob va tuz, podshohlar va ajdaholar haqida 
yozilgandi, biroq harchand urinmasin Santyago hech nimani tushunmadi. Shunday esa-
da, baribir, hamma kitoblarda takrorlanadigan bir fikrni u anglab yetdi: olamdagi barcha 
mavjud unsurlar — ayni bir narsaning turli-tuman ko‘rinishlaridir. 
Bitta kitobdan u alkimyo haqidagi eng muhim ma’lumotlar — zumrad sathiga chizilgan 
sanoqli satrlarda ekanini bilib oldi. 
— Bu “Zumrad Lavhasi” deyiladi, — dedi angliyalik, yo‘ldoshiga bilmagan narsalarni 
o‘rgata olishidan mamnun bo‘lib.
— Unda buncha kitobning nima keragi bor? 
— Mana shu sanoqli satrlarni tushunish uchun, — dedi angliyalik o‘ziga unchalik 
ishonqiramagan ohangda. 
Santyagoni, ayniqsa, mashhur alkimyogarlar haqida hikoya qilingan kitoblar qiziqtirdi. 
Ular laboratoriyalarda metallarni tozalashga umrlarini bag‘ishlagan kishilar edi: agar 
biror-bir metalga uzoq yillar mobaynida ishlov berilaversa, oxir-oqibat o‘z xususiyatini 
yo‘qotadi va bu unsur Olam Qalbiga molik bo‘ladi, deb ishonishardi ular. Va shunda 
donishmandlar yer yuzida mavjud har qanday unsurning mohiyatini anglab yetadilar, 
zotan, Olam Qalbi bu unsurlar o‘zaro muloqot qiladigan o‘sha tilning ayni o‘zi. Ular bu 
kashfiyotni Ulug‘ Ijod deb atashadi, u esa ikki: qattiq va suyuq unsurlardan tarkib 
topgan. 
— Bu tilni egallash uchun odamlar va belgilarni o‘rganishning o‘zi yetarli emasmi? — 
bilgisi kelib so‘radi Santyago. 
— Yuzaki qarashga bunchalik o‘ch bo‘lmasang! — toqatsizlanib javob qildi angliyalik. — 
Alkimyo — jiddiy fan. Bu fan har bir harakating donishmandlarning yo‘l-yo‘riqlariga to‘la-
to‘kis muvofiq bo‘lishini talab qiladi. 
Bo‘zbola Ulug‘ Ijodning suyuq unsuri Obi-hayot deb atalishini, u alkimyogar umriga umr 
qo‘shishidan tashqari, hamma kasalliklarga davo ekanini bildi. Qattiq unsur — bu Iksir. 
— Uni topish oson emas, — dedi angliyalik. — Alkimyogarlar ko‘p yillar laboratoriyalarida 
metalga ishlov berish uchun ter to‘kishadi. Ular mudom olovga tikilishadi, o‘z 
mashg‘ulotlari bilan band bo‘lib, tiriklik tashvishlarini unitishadi va bir kun kelib metalni 
tozalab o‘zlari ham poklanishganini payqashadi. 
Shunda Santyago billur sotuvchining: idishlarni yuvganingda o‘zingning ruhing ham 
ortiqcha illatlardan tozalanadi, degan gapini esladi. Bo‘zbola alkimyoga kundalik 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin