Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Ayni daqiqada, uning nazarida, suvori Mavrlar G‘olibi, tuyoqlari bilan g‘ayridinlarni 
toptayotgan oq otning belidagi avliyo Yoqubning tasviriga aynan o‘xshab ketdi. Hammasi 
sirtdan aynan o‘xshash, faqat bu yerdagi suvori boshqa. 
— Men, — takror aytdi u va qilichning zarbini kutib boshini egdi. — Ko‘p kishilarning joni 
omon qolardi, biroq siz Olam Qalbiga uyg‘un keladigan qarorni qabul qilmadingiz. 
Qilich dami bo‘zbolaning manglayiga tekkuncha, sekin tushib keldi. Bir tomchi qon 
chiqdi. 
Suvori qilt etmay turardi. Santyago ham damini ichiga yutdi. U hatto qochib qutulishga 
urinmadi. Vujudining tub-tubida g‘alati umid uchqunladi: u O‘z Taqdiri yo‘lida halok 
bo‘ladi. Fotima uchun halok bo‘ladi. Demak, belgilar aldamagan. Mana, Dushman 
manglayida turibdi, shu bois ajal unga dahshat sololmaydi, zotan, Olam Qalbi mavjud va 
bir nafasdan so‘ng u Olam Qalbining bir qismiga aylanadi. Ertaga uning qismati 
Dushmanning boshiga ham tushadi. 
Suvori hanuz qilichini sermashga shoshilmas edi. 
— Nega bunday qilding?
— Men qirg‘iylar parvozi daraklagan xabarni eshitdim va buning ma’nisini tushundim, 
xolos. Ular vohani qutqarmoqni istashdi. Vohaning himoyachilari sizlarni qirib tashlaydi, 
ular ko‘pchilik. 
Qilichning dami hanuz uning manglayiga tegib turardi. 
— Kimsan o‘zing, Ollohning ishiga aralashadigan? 
— Olloh faqat qo‘shinnimas, qushlarni ham yaratgan. Ularning tilidan meni Olloh voqif 
qildi. Dunyodagi jamiki koru a’mollar bitta qo‘lda bitilgan, — javob qildi bo‘zbola 
Tuyakashning so‘zlarini eslab. 
Nihoyat suvori qilichini chetga oldi. Santyago nafasini rostladi. 
— Bashorat qilishda ehtiyot bo‘l, — dedi suvori. — Hech kim peshonasiga yozilganidan 
qochib qutulmaydi. 
— Men faqat qo‘shinni ko‘rdim, — dedi bo‘zbola. — Jang oqibati menga ayon bo‘lgani 
yo‘q. 
Bunday javob suvoriga ma’qul keldi, biroq u qilichini qiniga joylashga oshiqmadi. 
— Xo‘sh, bu yerda muhojir nima qilib yuribdi? 
— Men o‘z Yo‘limni izlayapman. Biroq sen buni tushunmaysan. 
Suvori qilichini qiniga joyladi. Uning kiftidagi qirg‘iy chiyillab tovush berdi. Santyagoni 
chulg‘agan tang holat bir qadar bo‘shashdi. 
— Men sening chindan jo‘mard ekaningni bilmoqchi edim. Umum Tilini qidirayotganlar 
uchun bundan muhim narsaning o‘zi bo‘lmaydi. 
Bo‘zbola hayron qoldi. Suvori kamdan-kam odamlarning aqli yetadigan narsalar haqida 
mulohaza yuritardi. 
— Bundan tashqari, hatto uzoq yo‘lning tanobini tortgan esang-da, bir nafasga ham 
bo‘shashmaslik kerak, — davom etdi suvori. — Sahroni sevish ham mumkin, ammo 
unga to‘la-to‘kis ixtiyoringni topshirib bo‘lmaydi. Zotan, sahro — odam uchun sinov: bir 
nafas xayolingni bo‘lsang, bas, halokatga uchraysan. 
Uning gaplari Santyagoga keksa Malkisidqni eslatdi. 
— Jangchilar bu yerga kelishgan chog‘da, agar boshing omon bo‘lib tursa, meni izla, — 
dedi suvori. 
Boya qilich dastasini tutib turgan suvori qo‘lida qamchi ko‘rindi. Ot tag‘in tuyoqlaridan 
to‘zon ko‘tarib, yeldi. 
— Sen qaerda yashaysan, — uning ortidan qichqirdi Santyago. 
Suvori yelib borayotgan ot ustida qamchi bilan janubga ishora qildi. 
Bo‘zbola Alkimyogarni uchratgan edi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin