Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
xurmozorlarni kezib o‘tkazasan, Fotimaga bo‘lgan muhabbatimga chin dildan 
ishonmaganimda bu yerdan jo‘nab ketardim, deb o‘ylaysan. Aslida seni vohada qo‘rquv 
ushlab turibdi — bu makonga boshqa qaytib kelolmayman, deb qo‘rqasan. Ana shunda 
belgilar xazinadan umrbod mahrum bo‘lganingni senga aytadi. 
To‘rtinchi yilga kelib belgilar yo‘qoladi, chunki sen ularni ilg‘ashni xohlamaysan. Buni 
payqagan oqsoqol sening xizmatingdan voz kechadi, biroq bungacha sen boy-badavlat 
savdogarga aylanasan, ko‘p do‘konlaring va suruv-suruv toylaring bo‘ladi. Va 
umringning oxirigacha, O‘z Yo‘lingdan yurmaganingni bila turib, xurmozorlaru sahroni 
kezasan, oxir-oqibat endi kech bo‘lganini tushunib yetasan. 
Shunday qilib, sevgi insonning O‘z Taqdiri yo‘lidan borishga hech qachon xalal 
bermasligini sen hech qachon anglab yetmaysan. Agar shunday bo‘lsa, demak, bunday 
sevgi chin emas, haqiqiy emas, deyiladi Umum Tilida, — deya so‘zini yakunladi 
Alkimyogar. 
U qumga chizgan doirani buzdi va kobra sudralib, toshlar orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Santyago bir umr Makkaga ziyoratni orzu qilgan billur sotuvchi savdogarni, Alkimyogarni 
qidirgan angliyalikni esladi. Bir kun kelib sahro o‘zi suyishni istagan yigitni yetkazishiga 
ishongan ayolni ham esladi. 
Ular otlarga minishdi. Bu safar Alkimyogar oldga tushdi. Shamol vohadagi odamlarning 
ovozini olib keldi va bo‘zbola bu tovushlar orasida Fotimaning ovozini tanishga urindi. 
Jang bois u keyingi kunlar quduq oldida qizni uchratmagan edi. 
Biroq bugun oqshom u qumga chizilgan doiradan chiqib ketolmagan kobrani kuzatdi, 
kiftida qirg‘iy bilan yurgan sirli suvorining gaplarini tingladi, suvori unga sevgi va 
xazinalar haqida, sahro ayollari va O‘z Taqdiri haqida gapirdi. 
— Men sen bilan birga ketaman, — dedi Santyago va shu lahzada ruhi xotirjam 
bo‘lganini his etdi. 
— Biz ertaga yo‘lga chiqamiz, bundan-da qorong‘uroq pallada, — qisqa javob qildi 
Alkimyogar. 
Tun bo‘yi u ko‘zlarini yummadi. Quyosh chiqishiga ikki soatlar qolganda o‘zi bilan bir 
chodirda yotgan bolalardan bittasini uyg‘otdi va Fotima qaerda yashayotganini so‘radi. 
Ular tashqariga birga chiqishdi va Santyago unga minnatdor bo‘lganidan qo‘y sotib olishi 
uchun pul berdi. 
Keyin qizni uyg‘otishini so‘rab, qaerda kutishini aytdi. Arab bola uning bu iltimosini ham 
bajardi va yana bitta qo‘yga pul oldi. 
— Endi bizni xoli qoldir, — dedi Santyago va bola kimsan Maslahatchiga yordam 
berganidan g‘ururlanib, boz ustiga, endi qo‘y sotib olish uchun puli borligidan quvonib, 
chodirga qaytdi va uxlagani yotdi. 
Fotima chiqdi. Ular xurmozor oralab ketishdi. Santyago urf-odatga zid ish tutayotganini 
bilardi, biroq hozir bu hech qanday ahamiyatga ega emas edi. 
— Men jo‘nayapman, — dedi u. — Biroq sening ishonishingni xohlayman: men, albatta, 
qaytaman. Men seni sevaman, chunki... 
— Gapirish shart emas, — uning so‘zini bo‘ldi qiz. — Odam yaxshi ko‘rgani uchun ham 
sevadi. Sevgi dalil-isbotlarga muhtoj emas. 
Biroq Santyago gapini davom ettirdi: 
— ... chunki men avval tush ko‘rdim, keyin podshoh Malkisidqni uchratdim, billur 
sotdim, sahroni kesib o‘tdim, vohaga kelib qoldim jang boshlanganda va quduqning 
oldida sendan Alkimyogarning qaerda yashashini so‘radim. Men seni yaxshi ko‘raman, 
chunki butun Olam bizning uchrashuvimizga xayrixoh. 
Ular quchoqlashishdi va vujudlari ilk bor bir-biriga tegdi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin