Microsoft Word aloqa korxonalarini boshqarish usullari



Yüklə 214,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix16.02.2023
ölçüsü214,06 Kb.
#84469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kitob 7334 uzsmart.uz

Ijtimoiy psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy
omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa 
muloqoti va o’zaro ta'sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining 
sohasidir. 
Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan 
belgilanadi. 
Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni 
hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi. 
Jamoa a'zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz 
tashkil qilinganligi, jamoa a'zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur 
ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. 
Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi 
ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan 
shug’ullanish o’rniga, o’zlarining o’rinsiz e'tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham 
boshqalarni ishdan chalg’itib, ishlashga halaqit beradi.


14 
Sotsiologik tadqiqotlarni uyushtirish usullari 
T/R 
Usullar 
Izoh 
1 
Xujjatli usul 
Bunda zarur ma’lumotlar statistik to’plamlardan 
boshlang’ich hisobga olish xujjatlaridan olinadi 
2 Shaxsiy 
harakterdagi 
xujjatlardan 
foydalanish usuli 
Turli masalalar yuzasidan kishilarning o'z qo’llari 
bilan yozilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh 
urug’ va tanishlarga yozilgan hatlar, tarjimai xol, 
tushuntirish hatlari va xokazolar 
Turli guruhdagi kishilarning hayotiy maqsadi, 
yurish turush sabablari, talablari, ehtiyojlari, 
tashvishlari to'g’risida fikr yuritish imkoniyatini 
beruvchi muhim sotsiologik ahborot bo'lishi 
mumkin. 
 

Ilmiy konferensiyalar 
o’tqazish usuli 
Bunday konferensiyalarni tayyorlash va uni 
o'tkazishda, odatda, ayrim masalalar yuzasidan 
material to'plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab 
chiqaruvchi bir qancha hodimlar ishtirok etadi. 
Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, 
muammolarni o'rganishga keng jamoatchilik jalb 
etiladi va jamoa fikridan foydalaniladi. 

Anketa usuli 
Oldindan tayyorlangan dastur bo’yicha yozma 
ravishda savollar beriladi va javoblar olinadi 

Intervyu olish usuli 
Bunda muammoni o'rganish uchun hodim bilan 
bevosita suhbat o'tkaziladi. Rahbar yoki tadqiqotchi 
suhbat davomida masalalarni aniqlashlari, 
chuqurlashtirishlari va shu yo'l bilan ishonchli va 
mukammal ma'lumotlar olishlari mumkin. 
 

Kuzatish usuli 
Jamoa faoliyatini shahsan kuzatish, odamlar bilan 
uchrashish va muloqotda bo'lib, ob'ektiv va batafsil 
ahborot yig’ish, , shuningdek, har bir jamoa rolini 
baholash imkonini beradi. 
 

Sotsial eksperiment 
o’tqazish usuli 
Bu usulda sun'iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga 
keltirish yo'li bilan sotsial hodisalar to’g’risidagi
ilmiy hulosalar va mavjud bilimlar tekshirib 
ko'riladi. Buning uchun mahsus guruh, uyushtirilib, 
shu guruh faoliyati umumlashtiriladi va amaliy 
hulosalar chiqariladi. 

Yüklə 214,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin