13
ettirishi va ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu
usullarni ma'lum darajada birga qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini
ko’rsatadi.
Ijtimoiy-ruhiy usullar "Boshqarish sotsiologiya"si va "Boshqarish
psixologiyasi"ga asoslanadi.
Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro
aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib
toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim
muammolarni ko’rib chiqadi.
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini
va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni
tanlashda, ularni joy-joyiga qo’yiщda, topshiriqlarni, funktsiyalarni taqsimlashda,
xodimlarni rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlaщda va hokazolarda
qo’llaniladi.
Psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa
sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e'tibor,
iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish,
qobiliyat, harakter va mijoz kiradi.
Dostları ilə paylaş: