Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə1/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс


KASB–HUNAR EGALLASHNING IJTIMOIY VA TARIXIY MUAMMOLARI.
KASBIY PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Kasblar festivali”da belgilangan vazifalarni yuksak darajada bajarish borasida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada yurtboshimiz I.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari har bir hududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bag‘rida o‘qib kasb-hunar egallashlari qolaversa, o‘sha hududning ta’limni turmush bilan bog‘lash, uyg‘unlashtirish, talabalarning qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki, har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo‘r berishni, aqliy jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab qiladi. Barcha qiyinchilik va sinovlarga bardosh bera oladigan yigit-qizlargina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yarog‘li deb topiladi. Kasb ta’limi esa huddi ana shuning amaliy tomonini o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ta’limni oqilona, optimal yo‘l bilan tashkil qilish va olib borish, mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirib, kasbhunarga nisbatan qiziqish hissini uyg‘otadi. Kasbiy bilimlarni maktab ta’limidayoq shakllantirish bolada kasbiy layoqat va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini oshiradi.


Kasbiy layoqatlilik – mutaxassisning biror-bir kasb sohasidagi bilim, o‘quv va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aks ettiruvchi integral tavsif: “ishni bilgan hold” faoliyat yuritish qobiliyati hisoblanadi.
Layoqat – sub’ektning avval olingan tajribasi asosida muayyan vaziyatda zarur bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni safarbar qilishga tayyorlikda ifodalanuvchi ta’lim mahsuli “bilim-o‘quv” va vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish va amalga oshirish, o‘z bilimini kasbga yo‘naltirish.
Tayanch layoqatlar – kasbiy hamjamiyatlar hamda undan tashqari sohaga moslashish va samarali faoliyat yuritish uchun zarur madaniyatlararo va tarmoqlararo bilimlar, ko‘nikmalar va qobiliyatlar. Shuningdek talabalarning faol faoliyat yuritish va bilimlarni o‘zlashtirishda loyihaviy layoqatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Bu barcha fanlarni yaxshi o‘zlashtirish hamda kasbiy bilimlarni rivojlantirish vositasi hamdir. Bolaning kasbiy layoqatini rivojlantirish va kasbiy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash orqali ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Ko‘nikmalarni shakllantirish ularning qiziqish, hohish, va bilimlariga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin