Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс
1.3. Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini. Kasb tanlashga yo’llash ishlarining tarixi 1908 yildan boshlanadi deb kabul qilingan. Bu yili Boston shahrida birinchi kasb haqida maslahat beruvchi qo’mitasi ochilgan. Biroq kasbga yaroqlik elementlarini qadim jamiyatlarida qo’llanilishi ma’lumdir. Milloddan avvalgi 3 ming yillikda qadimgi Vavilonda, Misrda, Gretsiyada, Xitoyda, Spartada, Rumda, Xindistonda har-xil kasbdagi kishilarni tayyorlaydigan maktablar va sistemalar mavjud bo‘lgan. Rossiyada 1918 yilda yagona mehnat maktabi to’grisidagi xujjatlarni tayyorlash munosabati bilan ro’y bergan munozaralar yaxshi ma’lum. Maktab kommunalari yaratilgan edi.
bosqich: 1918 yil - 1930 yilning boshlarigacha;
bosqich: 1931 yil - 1940 yilgacha;
bosqich: 1941 yil - 1960 yilgacha; IV bosqch: 1960 yil - 1970 yil o’rtalarigacha; V bosqich: 1991 yil - hozirgi davrgacha.
O’zbekistondagi kasbga yo‘naltirish tizimining ayrim bug’inlari loyihalarini, shuningdek, kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahat hamda kasb tanlashning umum davlat tizimi loyihasini ishlab chiqish. Oldimizdagi vazifalarni mutlaqo yangi vazifalar deb hisoblash hamda kasbga yo‘naltirish masalalarini psixologik pedagogik, tibbiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va texnika fanlarining “eski” muammolari darajasidan ajratib tahlil qilish noto’g’ridir. Yoshlarni mehnatga tayyorlash yangi masala emas, hozir bu masalani ta’lim-tarbiya nazariyasi bilan uzviy birlikda ko’rib chiqish lozim, kasbga yo‘naltirish muammosiga ko’ra tarkib topgan, ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish - eng muhim vazifalardan biridir.
Ma’lumki, qator mamlakatlarda kasbga yo‘naltirish, kasb tanlashning amaliy jihatlari yaxshi rivojlangan. Ana shuning o’zi mazkur mamlakatlar tajribasidan ham foydalanish zarurligini ko’rsatadi. Mustaqil davlatimizda kasbga yo‘naltirishning jahon tajribasida hisobga olinadigan va yangi demokratik jamiyatning asosiy prinsiplariga mos tizimini tashkil etish va takomillashtirish kerak. O’tgan yillar mobaynida kasbga yo‘naltirish va kasbiy maslahatlar ilmiy tadqiqotlarning davlat rejasida ko’zda tutilgan edi. Ilmiy izlanishlar va ishlanmalarni davlat yo’li bilan rejalashtirish, olimlarning eng muhim muammolar ustida jamoa bo’lib, ish olib borishlari, nazariya bilan amaliyotning birligi muhim ahamiyatga egadir.
Shu munosabat bilan 1964 yilda boshlangan va hozirgacha o’z faoliyatini saqlab qolgan kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishlarning axvoli va rivojlanishini ifodalovchi ba’zi ko’rsatkichlarni ko’rib chiqaylik.
1964 yildan buyon ko’rsatkichlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, nashr etilgan kitob va risolalarning ko‘pi kasbga yo‘naltirishning maktab-pedagogik jihatlariga bag’ishlangan. Ikkinchi o’rinda iqtisodiyot masalalariga oid adabiyotlar (kitob va risolalarning chorak qismi), uchinchi o’rinda - metodik gigienaga doir kitob va risolalar (beshdan bir qismi) va to’rtinchi o’rinda - maktab o‘quvchilariga yordam tariqasidagi adabiyotlar turadi. Kasb tanlashda oilaning roli va vazifalari yoritilgan kitob hamda risolalar deyarli yuk edi va jozir ham juda kam. Ommaviy tarbiya vositalari muammolariga, qobiliyatlarni aniqlash, kasblarning psixofiziologik masalalari hamda hunar-texnika ta’lim tizimida kasbga yo‘naltirish va kasbiy maslahatlarga doir yirik iilmiy ishlar hamon yetarli emas. Kasbga yo‘naltirish sohasida ishlaydigan maxsus kadrlar tayyorlash masalasiga oid tadqiqotlarga juda ham kam e’tibor berilmoqda. Doktorlik dissertatsiyalariga loyiq ishlar kam bajarilmoqda. Buning sababi kasbga yo‘naltirishni amaliy soha sifatida e’tirof etilayotganidir, uni amaliy soha sifatida tushunilayotganidir, Bu gaplardan ana shu sohadagi tadqiqotlarning umumiy ilmiy saviyasini oshirish zarurligi ayondir.
Bizni qiziqtirayotgan sohada ishlayotgan kadrlar soni 1969 yildan boshlab uzluksiz ko‘paydi, tadqiqot ishlari olib borilayotganlar soni ancha ortdi, amaliy tashkilotchilik ishlari kamroq, amaliy ijrochilik ishlari juda kam o’sdi, Kasbga yo‘naltirishning turli masalalari bilan shug’ullanayotgan xodimlar sonining tez o’sganligi ishlarni nazariy va tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Shu sababli muammoning har bir jihati bo’yicha muvofiqlashtirish markazlarini tashkil qilish zarur.
Muammoning kompleks xarakterda bo‘lishi ayrim tadqiqot ishlarida qo’llanilayotgan metodlarni xilma-xillashtirishni takozo etmoqda. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Yoshlarni kasb tanlashga tayyorlashning an’anaviy tarkib topgan tizimini tahlil qilish.
Kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish ishlarini faol muvofiqlashtirish masalalarini xal qilish.
Muammoning asosiy jihatlariga muvofiq kasbga yo‘naltirishning eng to’g’ri tizimidagi ayrim zvenolarni ishlab chiqish, ularni tajriba yo’li bilan tekshirish, muhokama qilish.
Respublikada kasbga yo‘naltirishning oqilona tizimini tashkil qilish to’g’risidagi takliflarni kiritish.
Tadqiqotlarning xususiy metodlari va metodikalari haqida shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda, mamlakatning turli ilmiy jamoalarida psixofizik tadqiqotlar o’tkazish uchun ancha noyob asbob va qurilmalar ishlab chiqildi va ulardan foydalanilmoqda. Namunaviy asboblar keng qo’llandi va hozir ham qo’llanilmoqda. Shu bilan birga ilmiy jamoalar o’rtasida tajriba almashish keng tus olgan.
Biroq metodlarni ijodiy izlash, har bir jamoaning “o’z” metodlarini, asboblarini, hujjatlarini yaratish borasidagi xarakat o’zining salbiy jihatlariga ham ega. Turli muammolar olgan natijalar metodikadagi tafovutlar sababli qat’iy qiyoslash imkonini bermayapti. Shu boisdan kasb tanlash uchun muhim u yoki bu shaxsiy xislatlarni aniqlash masalasini xal etishda qiyinchiliklar tug’ilmoqda. Qator tadqiqotchilar ayniqsa, amaliyotchilar mavjud metodikalarni qo’llash zarurligini yetarli darajada anglamayotirlar. Psixodiagnostik metodlarnigina emas, balki professiografik metodlarni ham bir xillashtirish kechiktirib bulmaydigan g’oyat muhim vazifadir.