Kasbiy maorif – mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olib, u yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni, turli kasblardagi professional mehnatning mazmunini, kasbning insonga qo‘yadigan talablarini, mehnat sharoitlarini, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash mumkin bo‘lgan o‘quv muassasalarining turlarini ma’lum qilish, ya’ni bunda talabalar turli kasblar va ixtisosliklarning xarakteri va o‘ziga xosliklari bilan tanishadilar.
Kasbiy konsultatsiya – individual xarakterga ega bo‘lib, ayrim talabalarga ular egallamoqchi bo‘lgan kasbning xususiyatlari va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri anglashga ko‘maklashishni nazarda tutadi. Talabalarga kasb tanlash yuzasidan pedagog, shu soha (kasb) mutaxassis, shifokor, psixolog maslahat berishi mumkin. Talabalar kasbiy ma’lumot olish chog‘ida nafaqat kasb to‘g‘risida, balki o‘z organizmi, o‘z xarakteri haqida ham ma’lumotga ega bo‘ladi.
Kasbiy diagnostika – talabalarning u yoki bu kasbga tayyorgarligining barcha jihatlarini aniqlash (hisobga olish) metodlarini o‘z ichiga oladi. Talabalarning biologik (tug‘ma ma’naviy sifatlari), psixologik (qiziqishlari, qobiliyatlari va h.k.), ijtimoiy (hayot tarbiya tarzi, hayotiy ma’naviy maqsadlari va h.k.) xususiyatlari ayni diagnostik metodikalar yordamida aniqlab olinadi va ular kasbga tayyorgarlikni to‘g‘ri belgilashga, asosli ravishda kasb tanlashga yordam beradi.
Kasbiy tanlash (saralash) – o‘quv muassasalari va ishlab chiqarish (tashkilotlar) mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib, ularning pedagogik tavsiyalariga binoan o‘quvchilar aniq kasblarni tanlaydilar.
Kasbga moslashtirish (profadaptatsiya) – bu o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, fermer xo‘jaliklarida va umuman moddiy ishlab chiqarish sohasida o‘quvchilarning ixtisosliklar egallashi jarayonida ularni tanlangan kasbning mehnat sharoitlariga moslashtirishdir. Talabalar amaliyot jarayonida o‘qituvchi mehnatini tashkil qilish, eng maqbul mehnat usullarini qo‘llash, psixologik qiyinchiliklarni yengishga, ishning yuqori natijalariga erishishga o‘rganadilar.
Prezidentimiz I.Karimov Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolning asosiy tamoyillarini bayon qilar ekan madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarga mustaqil respublikamizda ma’naviyatni rivojlantirish masalalariga ham aloxida to’xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “Endigi asosiy vazifa kishilarimizni mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o’ziga ishonchining ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bulmasa, ong va shukur tarzidan qullikdan qutulmasa, inson to’la ozod bo’lmaydi”.
Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatdan yetuk odamlar xal qiladi. “Aqliy zakovat va ruxiy ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir”. Ana shu vazifa mutaxassislar yetishtiradigan oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ta’lim-tarbiya ishlarini hozirgi davr talablariga muvofik yanada takomillashtirish buyicha g’oyat muhim majburiyatlarni yuklaydi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi va undagi mehnatning mazmuni haqida, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida politexnik bilimlarini shakllantirish.
Kasb-hunar kollejiga yaqin korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini tipik texnikasi, texnologiyasi va tashkil etilishi bilan tanishtirish.
Kasblarning umumiy klassifikatsiyasi va konkret shahardagi, tumandagi kasblar kishining professional faoliyatiga quyiladigan talabalar bilan tanishtirish.
O‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, kasb tanlashning ijtimoiy qimmatli motivlarini tarkib toptirish, o’z professional mavqeini belgilashda kumaklashish.
O‘quvchilar 9-sinfda qaysi hunarga qiziqishlarini kelajakda qanday kasb egasi bo’lishni oldindan to’g’ri tanlashi uchun ularga VIII sinflarda professional tayyorgarlik ixtisosini ommaviy tanlashlarida yordam berish.
O’zbekistondagi kasb ta’lim sistemasi va malaka oshirish yo’llari bilan tanishtirish.
Ma’lumki kishi o’z qobiliyati, qiziqishi, davatning kadrlarga ehtiyojiga muvofik mashg’ulot turi va kasbni tanlash huquqiga ega.
Mashg’ulotlar jarayonida o‘quvchilar xalq xujaligining strukturasi, kasblarni klassifikatsiyalashning turli usullari, ularni egallash yo’llari, kasbning insonga qo’yadigan talablar bilan tanishishidan tashqari, o’z qiziqishlari mayl va qobiliyatlarini aniqlashning ba’zi amaliy ko’nikmalarini ham o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda ularga qiziqish kartasi, mayillikni baholash kartasi vahokazolarni to’ldirish kabi topshiriqlarini bajartirish ko’zda tutiladi. Bu tadbirlar har bir o’smirga o’z imkoniyatlarini xaqiqiy baholash va ularni muayyan kasbning insonga qo’yadigan talablari bilan taqqoslash imkonini beradi.