Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə9/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс

Uchinchi bosqich – o‘quvchilar bu bosqichda o’z kasbiy niyatlarini birmuncha umumiy kasblar bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich konkret kasbni tanlash, uni o’zlashtirish yo’llarini belgilash bilan tugaydi. O‘quvchilarni turli klublar va qiziqishlar bo’yicha va to’garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga sazovardir. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishi quyidagi maqsadlarda:

  • mehnatga muhabbat, mehnatkashlarga hurmat xislarini singdirish, unumli mehnatga ijtimoiy mayllarni shakllantirish;

  • barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllarni shakllantirish va rivojlantirish;

  • mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni o’zlashtirish yo’llarini tanlash maqsadida o‘tkaziladi. Kasb maorifi o’z navbatida kasbiy axborotni, kasbiy targ’ibotni va tashviqotni o’z ichiga oladi. Bu elementlar bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. Bularning maqsadi – xalq xo’jaligining ommaviy kasblari tog’risida o‘quvchilarga ma’lumot berishdan, kasblarni egallash usullari va shart-sharoitlari haqida ularni xabardor qilishdan iqtisodiy mintaqa xalq xo’jaligi ayni vaqtda katta ehtiyoj sezayotgan kasblarning ijtimoiy ahamiyatini targ’ib qilishdan iborat. Kasblarning xilma-xilligi munosabati bilan qandaydir bir kasbni yoki xalq xo’jaligi tarmoqlarini maktabda sinflar bo’yicha targ’ib qilishni tavsiya etish juda ham qiyin. Bu narsa maqsadga muvofiq bo’lmasa ham kerak.

Bunda kasbni targ’ib qilishning ba’zi yo‘nalishlarigina qayd qilib o’tish mumkin. Bu mehnat faoliyatining sevimli turiga muhabbatni shakllantirish, boshqa oddiy kasblar bilan, so’ngra o‘quvchilarning yoshi va bilimlariga qarab, mamlakat xalq xo’jaligi va konkret mintaqani yaqin 10-15 yil mobaynida kadrlarga bo‘lgan talab ehtiyojini hisobga olib, bir muncha murakkab kasblar bilan tanishtirishdir. Targ’ibot mazmuni jihatidan chuqur bo‘lishi, yoshlarning ko’z o’ngida unchalik ommabop bo’lmagan kasblar nufuzuni oshirishi ham muhimdir.
O‘quvchilarning kasb faoliyati har-xil turlariga bo‘lgan qiziqish va maylni rivojlantirish kasbga yo‘naltirishning muhim tarkibiy qismidir. Agar shunday qiziqish bo‘lmasa, yigit yoki qizni kasbni to‘g‘ri tanlashga tayyorlash mumkin emas. Kasbga bo‘lgan bunday mayl va ishtiyoq kasbga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi va tarbiyalash, ushbu kasbga hurmat bilan qarash, mehnatga muhabbatni, ishga psixologik shaylikni tarbiyalash singari elementlardan tarkib topadi. Bir qancha maktablarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda kasbiy faoliyatning har-xil turlariga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqni rivojlantirishga o‘quvchilarni bir maqsadni ko‘zlab mehnat ta’limini berish va ularni ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish ta’sir o‘tkazmoqda. Ko‘p kasblar bilan nazariy tanishib qolmay, balki bir muncha ommaviy kasblarni bilish, ishlab chiqarish jamoalariga qo‘shilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash o‘quvchilarning kasb tanlashiga imkon beradi. Maktab o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish va tarbiyalashning sobitqadamliligi har bir iqtisodiy rayonning va mamlakatning ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish tendentsiyalariga muvofiq ularning kasbiy ideallarini shakllanishini ta’minlaydi. Faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar bilan ishlashga e’tibor berish, har bir kishining shaxsiy xislatlari va imkoniyatlariga mos bo‘lgan mashg‘ulotni topish mumkin.

Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin