Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс
Kasb psixodiagnostikasining maqsadi – kasbga yo‘naltirish maqsadida maktab o‘quvchisining shaxsini o‘rganishdir, kasb diagnostikasi jarayonida shaxsning xususiyatlari, qimmatli mo’ljallar, qiziqishlar, talab-ehtiyojlari, kasbiy niyatlari, tempreramenti, sog‘ligi o‘rganiladi. Kasb haqida maslahat berish shaxsiy psixologik va xususiyatlar, kasbning o’ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishini aniqlashni maqsad qiladi. Maslahat berishning quyidagi turlari: ma’lumotnoma, diagnostik, shakllantiruvchi va tibbiy turlari bor.
Ma’lumot tarzidagi maslahat chog‘ida o‘quvchilar ishga joylashish yo‘llarini, ishga va o‘qishga nisbatan qo’yiladigan talabalarni, kasblarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini, tayyorgarlik muddatlarini, mehnatga xaq to‘lash sistemasini, kasbiy o‘sish istiqbollarini bilib oladilar. Diagnostik maslahatalar – shaxsni qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo’lib, bunda shaxsni ana shu xususiyatlarini tanlaydigan kasbiga yoki unga yaqin hunarga mosligi ko’zda tutiladi.
Shakllantiruvchi maslahatlarda maktab o‘quvchisining kasb tanlashga rahbarlik qilishni, tuzatishni ko’zda tutilgan bo’lib, bunday maslahatlar uzoq muddatga mo’ljallangan bo‘ladi. Tibbiy maslahatlar – o‘quvchining sog’ligini, uning tanlaydigan kasbiga nisbatan psixologik xususiyatlarini maqsad qilib qo’yadi. Bunda psixofiziologik ma’lumotlarga mos boshqa kasbni yoki faoliyatni tanlab olinadigan sohasiga yaqin kasbni aniqlash maqsad qilib qo’yiladi.
Kasb tanlash maktabdan tashqari laboratoriyalarda va qiyin mehnat sharoitidagi kasblar bo’yicha amalga oshiriladi. Kasb tanlashdan maqsad odam mehnatining konkret turiga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini anglashdan iborat. Bunda faoliyatning ushbu turiga davogarda kasbiy xislat yo’qligi aniqlanib qolsa, unga ishga joylashish rad etiladi. Kasb tanlashni shaxsini, ijtimoiy erkinligini cheklovchi ish deb qaramaslik kerak. Kasb tanlanganda kasb ularga mos va muvofiq bo‘lgan shaxslar tanlanadi, ya’ni kasbdan shaxs tomon beriladi, kasbiy saralanganda mazkur shaxs uchun tegishli kasb tanlanadi, ya’ni shaxsdan kasb sari boriladi.
O‘quvchilarni kasbiy tarbiyalash – kasbga yo‘naltirish sistemasining asosiy qismlaridan biridir. Kasbiy tarbiyalash – o‘quvchilarda shaxsning kasb jihatidan xislatlari: insonparvarlik, kasbiy burch va sharafni, ma’suliyatni, ahloqiylik va shu kabilarni tarbiyalash tushuniladi.
Kasbga yo‘naltirish sistemasining yuksak darajada hamkorlik qiladi.
Professiografiya – odamlarni kasbiy faoliyatini o‘rganadigan professiologiyaning muhim sohalaridan biridir. Kasblarning yoki mutaxassisliklarning, ularning odamga, odamning psixofiziologik va jismoniy xislatlariga nisbatan qo’yayotgan asosiy talablarning tasnifi, kasbiy faoliyat shaxsga muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qoniqish yoki qoniqmaslik keltiruvchi omillar professiologiya vazifalariga kiradi. Mehnatdan psixologiya jihatdan foydalanish va amaliy faoliyatda foydalanish uchun mo’ljallangan ishning konkret turini kompleks tarzida, muntazam va ko‘p tomonlama tasniflash psixologik professiogramma deyiladi.
Professiogrammalar kasb maorifi jarayonida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirish uchun qo’llaniladi. Kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: kasb maorifi, kasbiy tarbiya, kasb haqida maslahat berish, kasbga ko’nikish, kasb tanlash. Agar o‘quvchi kasb bilan tanishganda nimanidir tushunmay qolsa, kasb haqidagi axborot bilan, kasb mazmuni to’grisida maslahat olishi mumkin. Har ikki bosqich o‘quvchini kasbga qiziqishiga asos bo‘ladi.
Kasb-hunar kollejlaridagi kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabineti o‘quvchilarni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlash sohasida ular bilan, ota-onalar bilan muntazam ish olib borish uchun, shuningdek kasbga yo‘naltirish ishini ado etishda o‘qituvchilarga, korxonalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qiladi.
Shu sababdan kabinetning jihozlanishi va vaziyati o‘quvchilarning muayyan psixologik kayfiyatini ko’tarishga ko’maklashishi, bu yerda ularni qiziqtiruvchi savollarga javob olish imkoniyati yaratilishi, kabinetga kelish ehtiyojini tug’dirishi muhimdir.
O‘quvchilarga og’zaki yo’sinda bilimlar berishdan (suhbat, hikoya, izohlash, leksiya, o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni ko’rgazmali vositalar bilan namoish etishdan) iborat ko’rgazmali-tushuntirish usullari; bular reproduktiv usullar deb ham ataladi.
Axborot-izlash usullari (muammoli bayon qilish, evristik suhbatlar, munozaralar, tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish usullari kuzatish, ta’limiy va boshqa adabiyotlar bilan ishlash).
o‘quvchining kasb tanlashga “xoxlayman-uddalayman-zarur” degan shiorga amal qilish haqida axboroti. “Xoxlayman”-qiziqishi va mayillik, “uddalayman” - qobiliyat, “zarur” - jamiyatning kadrlarga ehtiyoji.
o‘quvchilarga savol: “Jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq kasb tanlash nima?
o‘quvchilarning javobi: “Bu, birinchidan, hozirgi kunda va yaqin kelajakda xalq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish sohasida, qishloq xo’jaligida, aholiga xizmat ko’rsatishda) juda zarur kasbni tanlash; ikkinchidan, har qanday ish o’rnida halol, intizomli va ijodiy mehnat qilishdir”.
o‘quvchilarga savol: ”fan-texnika taraqqiyoti davrida xalq xo’jaligi yuqori malakali mutaxassislar zarurligining sababini qanday tushunasiz?”.
o‘quvchilarning javobi: “Yuqori malakali ishchilar ishlab chiqarish topshiriqlarini tezroq sifatliroq bajaradilar”.
o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib va to‘ldirib, shunday xulosa chiqaradi: mahsuldor mehnat qilish uchun yuksak saviyali umumiy va professional bilimlar zarur, olimlarning oldindan aytishiga qaraganda 1990 yilgacha barcha ishlarning tahminan 30 foizi, 2000 yilgacha esa 50 foiziga yaqini murakkab kompleks avtomatlashtirilgan texnikaga xizmat ko’rsatish bilan shug‘ullanadi, moxir bunday ishchilar 5 % dan oshmaydi, ko‘p ixtisosliklariga doir professonal bilimlar 8-10 yil ichida eskirib qoladi, shuning uchun muntazam, uzliksiz ravishda mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanish zarurati tug‘iladi.