Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


Kasb tanlashga yo‘llash ishlarida maktab, oila, litsey, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə6/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс

1.4. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarida maktab, oila, litsey, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi.
O’zbekiston Respublikasida yoshlarni kasbga yo‘naltirish tadbirlari bo’yicha qabul qilingan qarorlar mazkur ishni markazlashtirilgan tarzda boshqarishda katta rol o’ynadi. O’zbekiston Respulikasi xalq ta’limi vazirligining politexnik ta’lim bo’limi mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish bo’limiga aylantirildi. Uzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kasbga yo‘naltirish sektori ishlay boshladi.
Kasbga yo‘naltirish bilan shug’ulanuvchi yangi tuzilgan va qayta tashkil qilingan bulimlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqyosida rahbarlikning tashkiliy tajribalarini umumlashtirishdan; kasbga yo‘naltirish boshqarmasi bug’inlari ishini kuchaytirishning tashkiliymetodik tadbirlarini ishlab chiqish va tajribada tekshirib ko’rishdan iborat edi. Shu tariqa respublikada kasbga yo‘naltirishni boshqarish tizimining tarkib topish va rivojlanishi 1970 yildan boshlandi. U xalq xo’jaligining malakali kadrlarga talab-ehtiyojlarini hisobga olib, kasb tanlashda o’g’il va qizlarga yordam berishi; kasbga yo‘naltirish ishini rejalashtirish, uning mazmunini belgilash; vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar bilan morif va madaniyat organlarining birgalikdagi kuch-g’ayratlarini muvofiqlashtirish lozim edi. Kasbga yo‘naltirish ishini aniq va puxta rejalashtirish bilangina maktab hududidagi barcha tashkilotlarining kuchg’ayratlarini muvofiqlashtirish mumkin. Rejada kasbga yo‘naltirish ishining tartibi, izchilligi, uni amalga oshirish usullari va vositalari ko’rsatiladi. Bunday rejani tuzishda mehnat o‘qituvchisi albatta qatnashishi kerak. Kasbga yo‘naltirish kengashining tashkiliy sektori hududdagi barcha jamoatchi kasbga yo‘naltiruvchilarning ishini muvofiklashtirib turadi va nazorat qiladi; kasbga yo‘naltirish kabinetlarining ishini muntazam ravishda tekshirib boradi; majlislarda shu kabinetlarning faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni tinglaydi, kasbga yo‘naltirish muammolari yuzasidan ilmiy-amaliy va metodik semenarlar o’tkazadi; jamoatchi kasbga yo‘naltiruvchilarning o‘qishini va tajriba almashuvini tashkil qiladi; bularni metodik adabiyot bilan ta’minlaydi. Ota-onalar bilan ishlash sektori maktab o‘quvchilarning ota-onalari majlislarida kasb tanlash; zavodda o‘qish va ishlash sharoitlari mavzuda korxona vakillarining chiqishlarini uyushtiradi; ishchilar sinfining o’rinbosarini tayyorlash mavzuda ota-onalarning yig’ilishlarini o’tkazadi: ishchilar sulolarini va ishlab chiqarishda peshqadamlik qilayotgan otaonalarning tajribasini targ’ib qiladi.
Hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari va yosh ishchilar bilan ishlash sektori baza hunartexnika bilim yurtini komplektlashda ko’maklashadi; kasbga yo‘naltirish kabinetini jihozlashda qatnashadi; zavod ishchilarining maktab o‘quvchilari, bilim yurtini bitiruvchilari oldida so’zga chiqishlarini rejalashtiradi; hunar-texnika bilim yurtini bitirib chiqqan yigit va qizlarni zavodda uyushtiriladigan kasbiy mahorat tanlovida, ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishida qatnashishga jalb etadi; o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qiladi; kasbga yo‘naltiruvchi sex kengashlarining ishini boshqaradi.
Hozirgi vaqtda mutaxassislarning 4 guruhi aniq namoyon bo’lib qoldi. Kasbga yo‘naltirish tizimida ilmiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish ko‘proq anashu mutaxassisning tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.
Kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishlarning umumiy ta’lim maktabining o‘qituvchilari va maktabdan tashqari mutaxasislarning xodimlari bajaradilar. O‘quvchilarni o‘rganish, ularning mayllari, qobiliyati va qiziqishlari rivojlanishiga rahbarlik qilish, kasbga mayillikni shakllantirish, kasblar bilan tanishishni tashkil qilish ularning vazifasiga kiradi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirish o‘quvchillarning psixologik xususiyatlari, shaxsni o‘rganish metodlari, kasblar, kadrlarga talablar va kasbga yo‘naltirish to’g’risidagi bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Maktab sharoyitida bunday bilimlar har bir o‘qituvchiga zarur, chunki ular fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, sinifdan tashqari ishlar tashkilotchisi sifatida faoliyat ko’rsatadilar.
Tajribadan pedagogka kasb tanlashda muayan yordam berish zarur bo’lib qolganida eng ko‘p qiyinchiliklarga duch kelib qolishlari kuzatilmoqda. Kasbiy maslahat muayan bilimlar kompleksini talab qiladi. Shu boisdan juda ko‘p mamlakatlarda ana shu ishni amalga oshirish uchun maxsus kishilar ajratilmoqda. Ular maslahatchi psixolog yoki maxsus tayyorgarlikdan o’tgan maktab xodimlaridan tanlanadi va bular birinchi gurux mutaxassislaridir
Ikkinchi guruh xodimlari - kasb bo’yicha tibbiy maslahat beruvchi va o‘quv yurtlarida, korxonalarda, sport muassasalarida, qishloq xujaligi va boshqa joylarda ishlayotgan maktab va bolalar shifokorlaridan iborat. O’z-o’zidan ayonki , ular ham kasbkorlik bo’yicha tibbiy fiziologik ko’rsatmalar berish, umuman o’z vazifalarini ko’ngildagidek bajarish uchun shaxsni o‘rganishga doir metodlarini puxta bilish kerak.
Ishga joylashtirish organlari va kadrlar tayyorlash bo’limining xodimlari, hunar texnika bilim yurtlaridagi ishlab chiqarish ta’lim ustalari kasbga yo‘naltirishni tugal bajarish korxonalariga yosh ishchilarni joylashtirish, kasbga o’rgatish va ko’niktirish sohasida katta ishlarni amalga oshirishlari, yoshlarga turli ma’lumotlar va maslahatlar berishlari lozim, ulardan bu esa korxona va muassasalarning kasbiy malaka strukturasini, kasblar mazkur tumandagi xalq xujaligi tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatini, kadrlar ehtiyojini yaxshi bilishni talab qiladi.

Mutaxassislarning yana bir guruhi kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahat berish va kasb tanlash tizimini ilmiy jihatdan amalda ishlab chiqishda xal qiluvchi rol o’ynaydilar. Bular psixologlar va fiziologlardan iborat. Bunday mutaxassislarning o‘qishini tashkil qilish birinchi darajali ahamiyatga egadir.


Hozirgi kasbga yo‘naltiruvchi xodimlarni tayyorlash asosan tadqiqot, amaliy ish jarayonida va mustaqil o‘qish yo’li bilan olib borilmoqda. Mutaxassislarning ozgina qismi o‘qituvchilar va shifokorlar malakasini oshirish institutida, pedagogik bilimlarni targ’ib qilish uyida, Oliy pedagogiga kurslarida ayrim masalalar buyicha leksiyalar tinglash imkoniga ega bo‘ladilar. Maktablar, hunar texnika bilim yurti o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim ustalari, tibbiyot xodimlari kasbga yo’llash ishi bilan tanishishlari lozim. Buni kasbiy tayyorgarlik ixtisosini biroz kengaytirish va pedagogika bilim yurtlarida, kasb-hunar kollejlari va tibbiyot o‘quv maskanlarida kasbga yo‘naltirish buyicha maxsus kurslar joriy etish orqali amalga oshirish yaxshiroq. Madaniyat bilim yurtlarida kasbga yo‘naltirish emas, balki umuman bolalar bilan ishlash maqsadga muvofiqdir. Bunday kurslardan o’tgan kishilar tegishli ixtisosga ega bo’lib, maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha samarali ish olib borishlari mumkin.
Xodimlarning ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorlash ishi bir oz boshqacharoqdir. Bunday ixtisoslashtirish sohasida jiddiy masala paydo bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda kasbga yo‘naltirish bo’yicha mutaxassislar tayyorlashishlarining bir qismi universitetlarning psixologiya fakultetlari va bo’limlari bajarmoqda. Masalan, “kasb tanlash va kasbga yo‘naltirishning metodologik asoslari” maxsus kursi o‘qitilmoqda.
Kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantiruvchi xodimlarini tayyorlashni mavjud yo’llari bilan amalga oshirib bo’lmasligi yaqqol ko’zga tashlanib kelmoqda. Qator xorijiy mamlakatlarning tajribasi mazkur mutaxassislarni amaliyotchi xodimlardan ma’lumotli va ixtisosli tajribali pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, shifokorlardan tayyorlash zarurligini ko’rsatadi. O‘qituvchilar va shifokorlar malakasini oshirish instituti va psixologiya fakultetlarining kechki bo’limlari shunday mutaxassislar tayyorlashning markazlari bo‘lishi mumkin.

Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin