Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


O’yindagi duch kelinadigan qiyinchiliklar



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə24/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс

O’yindagi duch kelinadigan qiyinchiliklar
O’yinning bayonnomasini yuritish o’quvchilarda ishtiyoqni yo’qolishi bilan bog’liq muammolarga olib keladi. Muammodan chiqish uchun boshlovchi bayonnomalar blankini oldindan o’zi yoki oldingi mashg’ulotda o’quvchilar bilan birgalikda tanlab qo’yishi lozim bo’ladi.
Ba’zi o’quvchilar o’yinni tez tugatib, ishsiz qoladilar. Boshlovchi ularga nimadir topshiriq berishi, ya’ni bayonnomani to’g’ri yuritganliklarini shaxsan tekshirib ko’rishlarini taklif etishi lozim (ba’zan o’quvchilar kasbiy rejalarni faqat suhbat boshida baholaydilar va yakunida baholashni unutib qoldiradilar).
Mabodo sinfda biror o’quvchi toq bo’lib qolsa, u holda unga ikkinchi maslahatchini sherik qilib olishni tavsiya etish mumkin. Bu o’yin oldingi “Proforientsiya” o’yinlaridan o’tkazilish murakkabligi bilan farq qiladi va uning natijalari ancha sodda bo’ladi.
O’yinni rivojlantirish istiqbollari
O’yin bayonnomalarini takomillashtirish kerak. O’yin yakunida beriladigan maslahatlar kasb tanlashning umumiy muammolariga emas, o’quvchining kasbiy o’zligini anglashning aniq masalalariga qaratilishi muhim. Shuningdek, o’quvchilar bilan qaytar aloqa o’rnatishga, ularning bayonnomalarini muhokamasiga e’tibor qaratish lozim. Buni o’quvchilar bilan alohida yoki o’yindagi juftliklar bilan suhbatda hal etish mumkin.


Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin