O’yinning har bir ishtirokchisi “Men o’quvchiman” ustunidagi o’zining har bir kasbiy rejasi bandlarini 5 balli shkalada baholaydi va uni ustuning chap qismiga yozib qo’yadi (buning uchun tayyorlov bosqichidagi “Mening kasbiy rejam” yozmasi ishini o’tkazish lozim"). So’ngra o’yin boshlanadi. Maslhatchi “Men maslahatchi” ustunida suhbatgacha bo’lgan holatni va undan keyingi o’zgarishni baholaydi. O’quvchi ham o’zining ustunida (“Men-o’quvchiman”) baholash ishlarini amalga oshiradi. O’yin davomida boshlovchi har bir juftlikni oldiga kelib, o’yinni borishini nazorat qiladi.
O’yinning yakunida boshlovchiga bayonnomalar topshiriladi. So’ngra uning natijalarini o’quvchilar bilan individual suhbat yoki kuzatishlar bo’yicha olingan ko’rsatkichlar yordamida solishtirib ko’riladi. Ushbu o’yinning muhokama bosqichi yo’q. Ammo o’yin diagnostik imkoniyatlarga ega. Chunki o’yin orqali o’quvchilar o’zinigina emas, o’rtoqlarining shaxsiy kasbiy rejalarini miqdoriy bahosini beradilar.