4
Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai
nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan
usullar, ya'ni:
sistema (tizim)li yondoshuv;
kompleks yondoshuv;
tarkibiy yondoshuv;
integratsion yondoshuv;
modellashtirish;
iqtisodiy-matematik yondoshuv;
kuzatish;
eksperiment;
sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiya larini
amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi.
Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan
turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos
usullari deb yuritiladi.
Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish
jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga
erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni
nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi
mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi.
Funktsional tizim-osti ob'ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan
ob'ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda
qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti
bo’limlar misolida ko’rish mumkin.
5
Tizimosti bo’limlar:
1. "Ishlab chiqarish" bo’limi
mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish;
mahsulot sifatini nazorat qilish;
omilli tahlil;
funktsional tahlil;
ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish;
ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish;
ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish;
harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar.
2. "Marketing" bo’limi
- tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish;
- korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish;
- yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni
aniqlash;
- marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k.
3. "Xodim" bo’limi
ishchi kuchini rejalashtirish;
xodimlar mehnatini va ish xaqini tashkil qilish;
xodimlar va ularning martabalarini boshqarish;
xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar.
Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob'ekt tarkibidagi
bo’limlarning maqsadlari va ularning echimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab
olinadi.
Bu usullar boshqarish funktsiyalarini, ya'ni:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
nazorat qilish;
muvofiqlashtirish;
motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun
qo’llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda
mutaxassislar:
prognoz (oldindan aytish);
ekstrapolyatsiya;
regression tahlil;
6
modellashtirish;
hujum;
Delfa;
omilli tahlil;
Maqsadlar shajarasi va uni echish kabi usullarni qo’llaydi.
Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan usullar
tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi.
Motivatsiya usullari xodimlarni mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya'ni:
ish xaqi;
rag’batlantirish tizimi;
foyda taqsimotida qatnashish;
ma'naviy rag’batlar;
yuqori lavozimlarga tayinlash, malakani oshirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda
amalga oshiriladi:
muammoni qo’yish;
muammoni hal qilish;
qarorni tanlash;
qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash.
Muammoni qo’yish bosqichida qo’llniladigan uslublar muammoni batafsil
yoritishga, muammoga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga,
vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon
yaratadi. Bu usullar tarkibiga:
- ma'lumotlarni yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish
usullari;
- muhim voqealarni qayd qilish usullari;
- qiyoslash usullari;
- dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi.
Muammoni hal qilish, ya'ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida
ham ma'lumotlarni yig’ishda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu
usullarni qo’llashga "Nima sodir bo’ldi" va "qaysi sabablar ta'siri ostida bo’ldi"
degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish,
qanday boshqaruv usulini qo’llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai
nazardan yondoshiladi.
7
Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me'yor (kriteriya) larini
shakllantirishga e'tibor beriladi. Bu erda so’z ko’pincha maqsimumlashtiradigan
yoki minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to’g’risida boradi. Odatda bunday
tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar
misol bo’la oladi:
foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni
maksimumlashtirish;
harajatni, qo’nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni
minimumlashtirish.
Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash bo’yicha tadbirlar qaror
qabul qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi
tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari ikir-chikirigacha
aniqlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |