Iqtisodiy ко"rsatkichlar - bu tajriba namunalarni tayyorlash va
sinovdan o‘tkazishga ketgan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish
tannarxi, texnik obyektlarni ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlar va
boshqalar.
Sifat ko‘rsatkichlari fizikaviy ko‘rsatkichlar singari o‘lchamga
ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasliklari mumkin. Sifat ko‘rsatkichlari-
ning miqdoriy tavsifi deganda ma’lum birliklardagi ularning
o‘lchamlari tushuniladi.
Masalan, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfi
mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bo‘lib,
ishchi-soatlarda ifodalanadi [9].
Bunda mehnat sarfini ishchi-kunlarda ifodalash bilan mahsulot
ning mehnat sarfi o‘zgarib qolmaydi. Xuddi shunga o‘xshab mahsu
lot tannarxi yoki bahosi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlaming so‘mlarda
yoki boshqa birliklarda ifodalanishi uning qiymatini o‘zgartirmaydi.
Fizik miqdorlar singari sifat ko‘rsatkichlarining miqdori ham
absolyut va nisbiy miqdorlar orqali ifodalanishi mumkin. Fizik
miqdorlarning absolyut qiymati har doim o‘lchamga ega bo‘ladi,
nisbiy miqdorlar esa o‘lchamsizdir. Mahsulot sifatining absolyut
ko‘rsatkichlari o‘lchamga ega bo‘lishlari yoki o‘lchamsiz bo‘lishlari
mumkin, nisbiy ko‘rsatkichlar esa doim o‘lchamsizdir.
Nazorat savollari: 1. Mahsulotning
sifat
ko‘rsatkichlari
deganda
nimani
tushunasiz?
2. Mahsulot sifatining ijtimoiy ko‘rsatkichlariga nimalar
kiradi?
3. Mahsulot sifatining funksional ko‘rsatkichlari?
4. Mahsulot sifatining ishonchlilik ko‘rsatkichlari?
5. Mahsulot sifatining estetik va ergonometrik ko‘rsatkichlari?
6
. Mahsulot sifatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari?
29
3-amaliy mashg‘ulot Mahsulot sifati darajasini baholash