Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

“Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak ekan?”  



“Har bir quti ustida bittadan marka bo‘larkan, shulardan yigirmatasini yig‘ib ochiq xat 

orqali jo‘natganlargina tanlovda qatnasha olarkan”. 

“Seningcha, bu tanlovda necha kishi qatnashadi?” – so‘radi onasi Antondan. 

“Bilmadim, — dedi Anton pinagini buzmay, — besh kishi bo‘lib qolishi ham mumkin. 

Chunki yutuqqa beshta velosiped qo‘yilarkan”. 

“Unda minglab kishilar qatnashadi, — dedi Antonning onasi, - shuning uchun sening 

yutish imkoniyating haddan tashqari oz bo‘ladi”. 

“Mayli-da, — qovog‘ini soldi Anton, — sira imkoniyatsizlikdan shu yaxshi. Menimcha, 

shuncha velosipedni sovg‘a qilmoqchi bo‘layotganlar juda saxiy kishilar bo‘lsa kerak”. 

“Buning saxiylikka mutlaqo daxli yo‘q, — ularning maqsadi — shu yo‘l bilan suli 

yormasini xaridorgir qilib, iloji boricha ko‘proq daromad qilish”. 

“Shunday qimmatbaho velosipedlarni sovg‘a qiladigan bo‘lsalar, ular qanday qilib 

ko‘proq daromad qilishlari mumkin?” – so‘radi Anton ishonqiramay. 

“Chunki ular shu yo‘l bilan o‘sha velosipedlar narxidan bir necha barobar ko‘p pul 

ishlaydilar”. 

“Axir, — bo‘sh kelmadi Anton, — ular bunga qancha kishi qatnashishi mumkinligini 

oldindan bilmaydilar-ku?” 

“Ular ahmoqlar yetarli ekanligini juda yaxshi biladilar”, – dedi Antonning onasi. 

Anton baribir fikridan qaytmadi. “Bordi-yu, shu tanlovda besh kishigina qatnashadigan 

bo‘lib qolsa, unda velosipedlarning bittasi menga tegadi, shunday emasmi?” 

“Ammo beshtadan ko‘p kishi qatnashadi-da”. Antonning onasi sabrsizlandi. 

“Sen qayerdan bilasan?” – so‘radi Anton. 

Antonning onasi endi toqat qilolmay qolgandi. “Bo‘ldi endi, baribir keragidan ziyod suli 

yormasi sotib olish haqida bosh qotirmoqchi emasman”. 

“Unda markalar yig‘ishim bir necha oyga cho‘zilib ketarkan”, – arazladi Anton. 

“Xuddi shunday, o‘g‘lim”, – dedi Antonning onasi. U “o‘g‘lim” deganida ko‘pincha jahldor 

holda bo‘lardi. 

Anton buni nohaqlik deb bildi. U indamaygina likobchasiga bir quti suli yormasini 

bo‘shatdi-da, uni alam bilan chaynab yuta boshladi. 

Onasi unga bir oz noxush qarab turdi-da, dedi: “Bundan keyin shunchalik ko‘p yeydigan 

bo‘lsang, velosipedning ustiga chiqolmaydigan bo‘lib qolasan”. 

“Velosipedim bo‘lsa, ozishga harakat qilaman”, – javob berdi Anton og‘zidagini chaynab. 

Antonning mushugi qochib ketdi. U mojaroni nam panjalaridan ham battar yoqtirmasdi. 

Keyingi kuni Anton maktabiga borib, doskaga yozdi: “Lazzatli suli yormasi markalariga 

eski Mikki Maus jurnallarini almashaman”. 

“Men ahmoq emasman, — dedi Tomas har doimgidek yoqimsiz ohangda, — o‘zim ham 

velosiped yutmoqchiman”. 

“Men ham”, – baqirdi kimdir. “Men ham”, – dedi yana kimdir. 

Sinfdagilarning deyarli hammasi lazzatli suli yormasi markalari yig‘ayotgan ekanlar. 

Sibille ham. 

Anton bir lahza o‘zi bilan o‘zi kurashdi. Bu kurashdan yengib chiqqan Anton Sibillega 

dedi: “Mening markalarimni ham olaqol. Meniki ikkita bo‘lgandi”. 

Sinf a’lochisi Verner ham shunday qildi. “Men ham senga markalarimni bermoqchiman, - 

dedi u Sibillega. Meniki to‘rtta”. 

“To‘rtta? – dedi Sibille sevinchini yashirolmay. – Qoyilman senga”.  

Anton shu zahotiyoq suli yormasidan, ayniqsa, uning lazzatli turidan nafratlana 

boshlaganini his qildi. 

Oqshom payti Antonning onasi uyga lazzatli suli yormasidan uch quti olib keldi. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin