Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Bolalar yozuvchisi Edith Shrayber – Vikening “Anton bo‘rini uchratgan kecha” qissasi
1986 yilda Avstriyaning “Annette Betts” nashriyotida chop etilgan. Mazkur qissada
boshlang‘ich sinf o‘quvchisi Antonning boshidan kechirgan qiziqarli voqealar badiiy-
falsafiy tarzda ifodalangan.
Muallifning bu qissadan oldin “Anton bu yerda bo‘lmagan kun”, “G‘oyat xursandman,
mening ismim Mulp”, “Mushuklar karnavali” nomli kitoblari nashr qilingan. Ushbu qissani
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Odiljon Safarov nemischadan o’zbek tiliga o’girgan.
Edith Shrayber — Vike xonim adabiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun Yanusts-
Korstsak medali hamda Avstriya bolalar kitobi mukofoti bilan, shuningdek ikki marta
Vena shahri mukofoti bilan taqdirlangan.
Oilasi: ikkita qizi, ikkita mushugi, eri va “o‘quvchi bolalari”.