TELRAMUND BILAN SAYR
Antonning onasini ko‘rishga bir dugonasi kuchugi bilan kelgandi. Baland bo‘yli, qizil
sochli bu ayolning ismi Gudrun edi. Sarg‘ish tukli, ko‘rshapalaklarnikiga o‘xshash uzun
quloqli kuchukchaning oti Telramund ekan. Anton u yoqdan bu yoqqa otayotgan charm
to‘pchani Telramund zavq bilan turtib-turtib keltirayotgandi. Mushuk kitob javoni ustida
o‘tirgan joyidan ularga qarab mirilladi. “Buncha ziqnalik qilasan”, — dedi Anton unga
ta’na qilib va qo‘lidagi to‘pchani yana uloqtirib yubordi. Telramund shalpang quloqlarini
osiltirib shosha – pisha uning ketidan yugurdi.
“Boshqa joy yo‘qmi sizlarga?” – dedi Antonning onasi o‘ta qat’iy va baland ohangda.
Anton to‘pchani ushlab turgan qo‘lini pastrga tushirdi, Telramund qo‘rqqanidan qotib
qoldi. “Mayli, o‘ynayveringlar”, — dedi Antonning onasi bir ozdan so‘ng. “Asabim tez-tez
buziladigan bo‘lib qolgan. Uyqum ham yomonlashgan”.
“Balki yotadigan joying yaxshi emasdir?” – dedi Gudrun.
Antonning onasi kuldi. “Har doimgi joyimda yotaman. Bundan ham yaxshiroq joy
bo‘ladimi?”
“Yerdan nur taralishi haqida hech eshitganmisan?” — so‘radi Gudrun.
“Ha, ammo men bunaqa gapga ishonmayman”, — javob qildi Antonning onasi .
“O‘zing bilasan, — dedi Gudrun. – Har holda men bir temir tayoqchali ayolni bilaman, u
senga joying yaxshi yoki yomonligini aytib berishi mumkin. U giyohlardan foydalanish
sirlarini ham biladi. Burungi zamonlarda bundaylarni jodugar deb atashgan”.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |