www.ziyouz.com kutubxonasi
7
uning xayolini ko‘pdan buyon band etib kelayotgandi.
“Har kim kezi kelganida bir yoki bir nechta madadkor hayvoniga duch keladi, - javob
berdi ayol. — Biroq ayrimlar ulg‘ayganlari sari buni unutib qo‘yishadi. Ayrimlar esa
madadkor hayvonlari bilan yetarlicha shug‘ullanmay qo‘yishadi. Tabiiyki, ular bundan
xafa bo‘lib ketib qolishadi va qaytib kelmaydilar. Ayniqsa, bugungi bolalar juda
mashg‘ul. Televizor ko‘rish, kino tomoshalari, komputer o‘yinlari ularning xayolini
butunlay band etib qo‘ygan”.
“Bizda esa televizor yo‘q”, – dedi Anton. U mana shu sababdan xursand bo‘lishi
mumkinligini aslo xayoliga keltirmagandi.
Anton ko‘pdan buyon bunchalik xush kayfiyatda bo‘lmagandi.
“Ketdik, bo‘ri, madadkor hayvonlarning eng zo‘ri”, – dedi u baland ovozda va zinapoya
zinalarining har ikkitasini bir qilib sakray-sakray pastga tushib ketdi. Qo‘shni ayol
boshini tebratib uning ortidan qarab qolganini sezmadi.
Dostları ilə paylaş: |