www.ziyouz.com kutubxonasi
13
“Unga yordam berib bo‘lmaydi”, — o‘yladi Anton.
“Hozirgina kelgan janob qani?” — so‘radi sotuvchi ayol.
“O‘n yettinchi bobda”, — javob berdi Anton.
“Hech nima sotib olgani yo‘q, buning ustiga surbetlik ham qiladi, — pichirladi sotuvchi
ayol va Supermenga oid voqeaning 17-jildini yopib qo‘ydi.
KIR YUVISH MASHINASI
“Sblubb”, — qildi kir yuvish mashinasi. Keyin esa “bluq-bluq”, “g‘ayt-g‘uyt” qildi-da,
to‘xtab qoldi.
“Eshitdingmi?” — so‘radi Antonning onasi.
“Ha”, — dedi Anton va rasm chizishni davom ettirdi. U bir soatdan buyon mushugining
suratini chizishga urinayotgandi. Biroq mushuk har safar mo‘ylovli zebraga o‘xshab
qolayotgandi.
Antonnig onasi kir yuvish mashinasini silkitdi. “Hayvon”, — dedi u jahl bilan. Antonning
mushugi xirilladi.
“Sengamas, mushugim, — dedi Anton mushugiga, — anavi kir yuvadigan oq hayvonga
aytyapti”.
Antonning mushugi boshini yana old panjalari ustiga qo‘ydi. Suratlar uncha
o‘xshamayotganini bilib turgan bo‘lsa-da, u o‘zini Antonga chizdirayotganidan mamnun
edi.
Antonning onasi kir yuvish mashinasining tugmalarini burab chiqdi. Bo‘lmadi. Hatto
oynali tuynugi ham ochilmay qolgandi. Antonning onasi nimadir deb pichirladi, Anton uni
tushunmay qoldi. “Nima deding?” — so‘radi u qiziqib. “Hech nima, hech nima”, — dedi
Antonning onasi dovdirab.
Qo‘ng‘iroq chalindi.
“Iltimos, ochib yubor, — dedi Antonning onasi, — bu tuz va shakar so‘rab turadigan
qo‘shni ayol bo‘lsa kerak. U doim xuddi shunaqa paytda keladi”.
Anton eshikni ochdi va qaytib oshxonaga kirdi.
Antonning onasi « uff » tortdi va qo‘shni ayol uchun non qoldiqlarini bir qog‘oz
xaltachaga sola boshladi. “Bu hol menga noqulay albatta”, — deya xijolat bo’ldi qo‘shni
ayol har doimgidek.
“Balki kir yuvish mashinasiga yaxshi « gapirib » ko‘rishimiz kerakdir, — dedi Anton
onasiga, — uni silab, biz uchun qanchalik muhim ekanligini aytaylik-chi !”.
“Uni tashlab yuborganimiz ma’qul!”, - dedi Antonning onasi.
“Kir yuvish mashinangiz ishlamay qoldimi? – so‘radi qo‘shni ayol. – Ha, bu yangi
chiqqanlaridan emas ekan-da. Buni bemalol tashlab yuborib, o‘rniga yangisini olsangiz
bo‘larkan”, – dedi u o‘zicha aql o‘rgatib.
“Agar u shu gaplarni eshitayotgan bo‘lsa , — dedi Anton, — keyingi safar paxtali
jemferlarimizni yuvayotganida bujmaytirib tashlaydi”.
“Mashina jonsiz narsa-da, — dedi qo‘shni ayol Antonga uqtirib. – Ular gapga
tushunarmidi”.
Bu gap Antonga umuman yoqmaydigan ohangda aytildi. U o‘rnidan turib, kir yuvish
mashinasining oldiga bordi va uning silliq sirtini ohista siladi. “Biz unga ko‘rsatib
qo‘yamiz, — pichirladi Anton. – Endi meni uyaltirib qo‘yma. Aytganimni qilasan-a?”
Keyin u dastur tugmachasini bosdi. Kir yuvish mashinasi sekin g‘iriladi va odatdagiday
“bluq – bluq” qilib ishlay boshladi.
“Ishonib bo‘lmaydi”, — qichqirib yubordi Antonning onasi.
“Bu tasodif”, — dedi qo‘shni ayol va non qoldiqlarini olib xayrlashdi.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |