Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

Shu payt universal do‘konda qorbobo shirinliklar va to‘rvachalar ulashayotgandi. Uning 



soqoli yopishtirilgan, egnida uzun, qizil choponi bor edi, peshonasidan ter 

to‘kilayotgandi. Universal do‘konda uzun chopon juda issiqlik qilayotgandi. Bir nechta 

bolachalar unga zo‘r ishtiyoq bilan qarab turishardi. 

“Dadamning aytishicha, faqat nodon bolalargina qorboboga ishonisharkan”. Markusning 

ovozi e’tirozli ohangda chiqdi. 

“U o‘sha nodon bolalarga qiziqarli tuyulsa kerak-da”, - dedi Anton o‘ylanib. 

“Oxirgi qavatga chiqaylik, - undadi Markus, - u yerda komputer o‘yinlari bor”. 

“Sen pul jo‘natishing kerak edi-ku?” – eslatdi Anton. 

“Buni keyinroq ham qilsam ham bo‘ladi”, - dedi Markus va eskalatorga chiqdi. 

To‘rtinchi qavatda avtomatlar ko‘p edi. Pippillagan, g‘izillagan va g‘uvillagan shovqinlar 

taralib turardi. Ekranlardagi oq pufakchalar bir tomondan ikkinchi tomonga uchib 

o‘tayotgandi; to‘siqlar ko‘tarilgach, nishonlar g‘oyib bo‘layotgandi. Faqat tugmachalar o‘z 

vaqtida bosilsa yoki buralsa bas. Yangi yil sharofati bilan bolalar bepul o‘ynash 

imkoniyatiga ega edilar. Ulardan ikkitasi bitta joy uchun talashib qolishdi. 

Xizmatchilardan biri pippillayotgan avtomatlar va chinqirayotgan bolalar o‘rtasida nima 

qilarini bilmay qolgandi. Markus avtomatlardan birini egallashga muvaffaq bo‘ldi. 

Hayajondan uning yuzi qizarib ketgandi. U juda yaxshi o‘ynadi. Anton ham shunday 

o‘ynashga harakat qildi. Ammo u tugmachalarni yo oldin, yo keyin bosib qo‘yayotgandi. 

Keyin Anton ozgina nariroqqa o‘tib, kitoblar bolimiga kirdi va bir qalin kitobni qo‘liga oldi. 

Unda, - “Bolalar uchun yangi yilning katta kitobi”, - deb yozilgan ekan. Anton uni 

varaqladi. Keyin to‘xtab qoldi. Kitobdagi bir hikoya “Anton va qorbobo” deb atalgandi. 

Anton uni o‘qiy boshladi. 

“Anton yana qo‘lqopchalarini izlashga tushdi. Ular ko‘m-ko‘k edi. Nihoyat u ulardan 

bittasini topdi va suyunib ketdi. Bitta qo‘lini jaketining cho‘ntagiga tiqib yursa ham 

bo‘lardi-da…” 

“Anton”, - dedi bir g‘amgin ovoz. Kimdir uning bilagidan tortdi. Anton o‘qishdan 

to‘xtamadi. 

“Men bu yerdaman. Bir hikoyaning ichidaman”, - dedi u hayajonlanib.  

“Anton! Pulni yo‘qotib qo‘yibman!” Anton o‘girildi. Uning yonida Markus turardi. 

Endi uning yuzi o‘yin paytidagiday qip-qizil emas, balki bo‘zarib ketgan edi. 

“Nima deysan? Anton kitobni joyiga qo‘ydi. –Yaxshilab ko‘rchi”. 

Markus kurtkasining hamma cho‘ntaklarini ag‘darib ko‘rdi. Yo‘q ekan. Uning bo‘zarib 

ketgan yuzida husnbuzarlari aniq ko‘rinib qolgandi. Ular avtomatlar yaqiniga borib, 

pastni ko‘zdan kechirib chiqishdi. Yo‘q ekan. Yashil konvert topilmadi. 

“Yur, - dedi Anton, - biror joyga borib bafurja o‘ylab ko‘ramiz”. 

Universal do‘konning ortida bir kichik istirohat bog‘i bo‘lib, uning ichida bir nechta 

yaproqsiz butalar bor edi. Bir nechta o‘tirg‘ichlar. Bitta daraxt. Antonning o‘ng qo‘li 

sovqotdi. U uni jaketining cho‘ntagiga tiqdi. Uning yonida Markus tishlarini qichirlatib 

turardi. Ular bir o‘tirg‘ichga o‘tirdilar. 

“O’ylab ko‘r-chi, - dedi Anton. Uni biror joyda cho‘ntagingdan chiqargandirsan”.  

Markus boshini silkitdi. 

“Qancha edi o‘zi?” - so‘radi Anton. 

Markus javob berish o‘rniga, yig‘lay boshladi.  

Kimdir ular o‘tirgan o‘tirg‘ichga o‘tirdi. Qalin etiklar, uzun, qizil chopon, oq soqol. 

Qorbobo. 

“Siz universal do‘kondanmisiz?” - so‘radi Anton. 

Qorbobo jilmayib boshini qimirlatdi. Anton unga sinchkovlik bilan qaradi. Haqiqatan ham 

buning sochi va soqoli boshqacha edi. Jilmayishi ham.  




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin