www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Markus hamon yig‘layotgandi.
“Uning puli yo‘qolib qoldi, - tushuntirdi Anton. – U uni onasining o‘rniga pochta orqali
jo‘natishi kerak edi”.
Qorbobo boshini qimirlatdi. U choponining cho‘ntagidan ikkita to‘rvacha chiqardi va dedi:
“Taskin bo‘lishi uchun”.
Anton pul yo‘qotmagan bo‘lsa ham, shu ikkita to‘rvachadan bittasini oldi.
“Yangi yillaringiz qutlug‘ bo‘lsin”, - dedi qorbobo va yo‘lga tushdi.
“Ochsangchi!” – Anton qovog‘ini solib tilla rang to‘rvachaga qarab qolgan Markusni
shoshiltirdi.
“Barisi be’manilik”, – dey pichirladi Markus, ammo to‘rvachani ochdi. Uning ichidan bitta
yassi quti chiqdi. Quti ichida bitta yashil konvert bor edi. Markus ishonqiramay unga
tikildi, keyin uning ichidagi pulni sanadi. “To‘g‘ri”, – dedi u va qorbobo tomonga o‘girildi.
Ammo endi u ko‘rinmay qolgandi.
Anton ham to‘rvachasini ochdi. Uning ichidan ko‘m-ko‘k qo‘lqopchasi chiqdi. O‘nggi.
“Tushundingmi?”, - so‘radi Markus.
Anton qo‘lqopchaga yaxshiroq qaradi. U uniki edi. Uni bosh barmoq yonidagi yamoqchali
joyidan tanidi.
“Bu haligi universal do‘kondagi qorbobo bo‘lsa kerak, - dedi Markus, - demak konvertni
o‘sha yerdan topib olgan. Ertaga unga minnatdorchilik izhor qilib qo‘yarman”.
Anton hech nima demadi. Ammo Markus bu qorboboni universal do‘kondan topa
olmasligiga uning ishonchi komil edi.
Dostları ilə paylaş: |