Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

olib kelib beraymi?” 



“G‘alati savol!” Qushcha jon talvasasida qanotlarini qoqdi. “Kelinglar, kelinglar!” 

“Men boshqalarni chaqirib kelaman”, – sayrab uchib ketdi ikkinchisi. 

“Men hoziroq qaytaman”, — va’da qildi Anton. Bu “kra rida ra” tarzida eshitildi. 

U tuzalgan stol oldiga bordi va o‘ylab qoldi. Mevali tort juda shirinlik qilardi, shokoladlisi 

yopishqoqroq edi, quymoqlarni esa yaxshi ushatib bo‘lmasdi. Nihoyat Anton bir 

chekkadagi qiyomsiz va kremsiz tortni ko‘rib qoldi va shuni oladigan bo‘ldi. Qo‘shni 

xonadan kulgi va shovqin-suron eshitilar. Yutuqlar egasini topib ketgan. 

Anton hech kimga bildirmay boqqa kirdi. U haligi tortni o‘sha yerda ushatib, daraxt 

tagiga tashladi. Keyin mamnun holda uzoqroqda turib, tort ushoqlari atrofida 

to‘planayotgan qushlarni kuzatib turdi. “Kerk kekk kirk”, - dedi Anton xayrlashib. Bu 

“yoqimli ishtaha”, — degani edi. Keyin u yana uyga kirdi. 

“Endi yong‘oqli tortimni ham bir ta’tib ko‘ringlar-chi, — dedi Gundining onasi haligi ikkita 

ayolga. – Faqat sakkizta tuxumdan tayyorlangan”. 

“Attang, — o‘yladi Anton, — har holda men ushatgan tort bo‘lmasin-da”. 

Afsus aynan o‘sha tort nazarda tutilgan ekan. Va Gundining onasi uni topishga qat’iy 

kirishganligi sezilib turardi. 

“Balki, — o‘yladi Anton, — tortni qushlar maza qilib yeyishganini eshitsa, xursand 

bo‘lar”. Anton niqobini ko‘tardi va yong‘oqli tortga nima bo‘lganini aytdi. Gundining onasi 

xursand bo‘lmadi. U kulishga urindi-yu, biroq buni uncha uddalay olmadi.  

Anton yaxshisi uyiga qaytishga qaror qildi. U hamma yutuqlarini yig‘ishtirdi va katta 

xona tomonga qarab qichqirdi: “Men ketyapman, Gundi”. 

Hamma qotib qoldi. Gundomarning onasi chuqur nafas oldi. “U seni nima deb chaqirdi?” 

— so‘radi u qat’iy. 

Gundomar bir lahza o‘ylanib qoldi va dedi: “Meni sinfimizdagilar Gundi deb atashadi. 

O‘zimga ham shu ma’qul”. 

Anton uyiga qaytgach, onasi unga noxush qarab dedi: “Gundomarning onasi menga 

qo‘ng‘iroq qilgandi”. 

“Ikkalangiz bir-biringizdan qolishmaysiz”, — o‘yladi Anton. Ammo hech nima demadi. 

“Nima uchunligini bilarsan?” — so‘radi Antonning onasi. 

Bu savol Antonni hecham tashvishlantimadi. 

“Men ikkita qush gaplashayotganini eshitib qoldim, — tushuntirdi u, — ular och edi”. 

Antonning onasi burnini tortdi. “O’zim ham shunga o‘xshash hol yuz bergan bo‘lsa 

kerak, deb o‘ylagandim. Endi senga chumchuqlar murojaat etadigan bo‘lsa, nonushta 

qiladigan pishiriqlarimizni ham ularga derazadan tashlarkansan-da. Qo‘y, yaxshisi unday 

qilma. Aks holda...” 

“Bilaman, aks holda mojaro bo‘ladi”, — qo‘shib qo‘ydi Anton bo‘g‘iq ovozda. Bitta 

yong‘oqli tort uchun, chuncha tashvish”, – pichirladi u xonadan chiqayotib. Yaxshiyam 

buni onasi eshitmay qoldi.  




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin