Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

21

“Qalay, grippdan yaxshi qutuldingmi?” — so‘radi o‘qituvchi birinchi darsda samimiylik 



bilan. 

Tomas boshini ko‘tardi va ishonqiramay sinfdagilarga nazar tashladi. Hech kim kulmadi. 

Keyin u Anton va Sibille tomonga qaradi-da, “ha, rahmat”, dedi.  

GRIPPO 

“Yon daftarim qani? – dedi Antonning onasi. – Hozirgina o‘zimda edi, endi 

topolmayapman.” U jahl bilan stol tortmalarini ochib yopdi. Yon daftarcha qolib ketgan 

bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsaning tagini ko‘rib chiqdi. U qo‘lqoplarini hamda 

kurtkasi va paltosining cho‘ntaklarini paypaslab ko‘rdi. 

“Uning ustiga Grippo o‘tirib olgan shekilli”, - to‘ng‘illadi Antonning onasi. 

“Kim, qayerda o‘tiribdi? - so‘radi Anton qiziqib. 

“Ax, mening buvim, ya’ni sening buvingning onasi biror nimani topolmay qolsa, doim 

shunday derdi”. 

“Grippo” Antonga bu so‘z juda ajoyib tuyuldi. Onasi endi oshxona tomonga o‘tib 

izlayotgandi. U past ovozda kimnidir koyidi. 

Anton uy vazifalarini bajarishga kirib ketdi. Maktab sumkasidan matematika kitobini, 

siyohli ruchkasini va bir nechta daftarlarini chiqardi. U matematika kitobini qo‘liga 

olmoqchi bo‘ldi, ammo uni qo‘ygan joyidan topolmay qoldi. “Nima bo‘lyapti o‘zi”, - 

o‘yladi Anton. Bugun matematika kitobi ham, yon daftar ham yo‘qolib qoldi. Haqiqatan 

ham bu o‘sha yaramas Gripponing ishi bo‘lsa kerak”. 

“Bo‘lishi mumkinmi meni bilganlar,  

amal-u nomimni zikr qilganlar?” 

Antonga shu ovoz eshitildi. U atrofga qaradi. Hech kim yo‘q edi. Biroq endi uning 

matematika kitobi qo‘yilgan joyida turardi. 

 

“Yo‘qolmasdan oldin bor bo‘lgan narsa, 



albatta topilar izlab ko‘rilsa”, - sado berdi u. 

 

“Grippo! - qichqirdi Anton. - Qayerda yashirinib olgansan? Men seni ko‘rmoqchiman”. 



“Yashinday tezkorlik fazilatim bor, 

meni ko‘rolmaysan, urinma zinhor”. 

Antonning oldidagi daftarlari g‘oyib bo‘lib qoldi. 

“Grippo! - qichqirdi Anton. Bu nima qilganing. Axir, men ertaga o‘qituvchimga, uy 

vazifalarimning ustiga Grippo o‘tirib olgandi, deya olmayman-ku”. 

“Vazifalar zo‘r narsa, 

bajaraver, berilsa”, - javob qildi ovoz quvnoq ohangda. 

“U maktab nimaligini bilmaydi-da, aks holda vazifalar nimaligini tushunardi”, - o‘yladi 

Anton. 

“Safsata sening fikring, 

menga tanish maktabing”. 



Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin