www.ziyouz.com kutubxonasi
24
bo‘lmaganda bitta aqlsiz bobosi bolishi kerak. Aks holda tez orada katta bo‘lib qolishing
mumkin”.
“Bunga onam nima derkin?” – ikkilandi Anton.
“Xohlasam, o‘zimni yaxshiroq tutaman, - dedi Ervin jiddiy ohangda. – Kerak bo‘lsa, oyoq
kiyimlarimni ham kiyib yuradigan bo‘laman”.
“Endi men uyga qaytishim kerak, - dedi Anton. – Kech bo‘lib qoldi”.
“Endi uydan qochib yurishimdan ham voz kechsam kerak , - dedi Ervin o‘ychan holda. –
Chunki senday nabiraga ega bo‘lish mendan juda mas’uliyatli bolishni taqozo etadi”.
Ervin o‘zi chizgan rasmining orqasiga ismi-sharifini hamda telefon raqamlarini yozib
qoydi. “Senga bobo kerak bo‘lsa, menga qo‘ng‘iroq qil”, - dedi u.
“Shu paytgacha qayerda eding? - so‘radi Antonning onasi jahl bilan. – Xavotirlanishimni
bilasan-ku”.
“Men bobo topdim, - dedi Anton. – U rasm chizishni va qog‘ozdan kemachalar yasashni
bilarkan. Oyoq yalang yurishni juda yoqtirarkan.Va u aynan bugun uyidan qochib
ketmoqchi bo‘lgan ekan”.
“Ey, xayolparast, - dedi Antonning onasi. – sen har kuni biror gap topmasang ko‘ngling
joyiga tushmaydi”.
.Anton indamay rasmni stol ustiga qo‘ydi.
“Juda zo‘r ekan, - dedi Antonning onasi hayron bo‘lib. – Qani, bir boshidan so‘zlab ber-
chi”.
“Qiziq, - xayolidan o‘tkazdi Anton, nima uchun kattalar bo‘lgan voqealarni uydirmalardan
afzal ko‘rishadi.
Shunday qilib u voqeani batafsil so‘zlay boshladi.
Dostları ilə paylaş: |