www.ziyouz.com kutubxonasi
22
“U fikrni ham o‘qib olarkan”, - hayratlandi Anton.
Daftarlar yana stol ustida paydo bo‘lib qoldi.
“Rahmat, Grippo, - dedi Anton. – Ertaga men bilan maktabga bormaysanmi? Borsang,
juda zo‘r bo‘lardi”.
“Taklifingga roziman,
sakkizgacha boraman”.
“Buni sabrsizlik bilan kutaman, - dedi Anton. Va u javobni kutdi. Ammo hamma yoq
jimjit bo‘lib qoldi.
Keyingi kuni nonushta payti Anton Gripponi chaqirdi. Hech nima sodir bo‘lmadi. Choynak
ham, bo‘tqa solingan likobcha ham, asalli idish ham yo‘qolib qolmadi. Anton noxushroq
holda maktabiga jo‘nadi.
“Sen olgan bo‘lsang kerak, men uni hozirgina shu yerga qo‘ygandim”, - Anton sinfga
kirmasidanoq kimdir shunday deganini eshitdi.
“Demak, - o‘yladi Anton. - U shu yerda ekan-da”.
“Mening matematika daftarim ham ko‘rinmayapti”. – qichqirdi Verner.
“Mening esa olmam!” - shikoyat qildi Dieter.
“Ana xolos!” - o‘yladi Anton qoyil qolib.
O‘qituvchi sinfga kirdi. “Tinchlaninglar, – dedi u baland ovozda. Keyin yo‘qolgan
chizg‘ichlar, daftarlar, olmalar va boshqa narsalar haqidagi shikoyatlarni eshitdi, keyin
sabrsizlik bilan gapni boshqa tomonga burdi: “O‘zi sizlarda tartib-intizom yo‘q. Behuda
gaplarni yig‘ishtiringlar. Yaxshisi, yechishim kerak bo‘lgan misollar haqida o‘ylanglar…” U
qo‘li bilan stol chetidagi matematika kitobini paypaslay boshladi. “Bu bo‘lishi mumkin
emas, - dedi u, - aniq bilaman…”
Sinfdagilarning ayrimlari qiqirlab kuldi.
“Tinchlaninglar deyapman, - takrorladi o‘qituvchi jahl bilan. – Qani, uyga berilgan
mashqlarni tekshiraylik-chi”. U kurtkasining ko‘zoynak turadigan cho‘ntagiga qo‘lini
tiqdi. “Bo‘lishi mumkin emas. Aqlim bovar qilmayapti”, - to‘ng‘illadi o‘qituvchi.
Bu safar sinfdagilarning hammasi kulib yubordi. O‘qituvchining boshi qotib qoldi. “Kulgili
ish bo‘lgani yo‘q”, - dedi u va stol ustiga qarab hayron bo‘lib qoldi. Matematika kitobi
yana joyida turardi.
“Mana ishlarimiz yaxshi tugadi,
endi boshqa sinfga navbat tegadi”.
Anton Gripponing shunday deganini eshitishi bilan atrofga qaradi. Buni undan boshqa
hech kim eshitmaganday edi. O‘qituvchi ko‘zoynak burnining ustida ekanligini to‘satdan
payqab qoldi. U boshini silkitib uni yechdi va yana joyiga taqib qo‘ydi. “Endi o‘ttizinchi
betdagi yettinchi misolni yechishga o‘tamiz”, – dedi u shundan so‘ng.
Bu ham maktabdagi kunlardan biri edi.
BOBO
Anton istirohat bog‘iga kirdi va har doimgidek dastlab o‘rdaklar hovuzi oldiga bordi.
O‘rdaklar juda band edilar. Ular bir oq sochli kishi qarshisida jon jahdlari bilan u yoqdan
bu yoqqa suzishayotgandi. Qirg‘oqda o‘tirib olgan bu kishi qotgan uzun nonlaridan birini
qo‘liga olib, o‘rdaklarni oziqlantirayotgandi. Ahyon-ahyonda uning o‘zi ham shu nondan
tishlab yeb turgandi. Uning yonidagi maysa ustida bir eski ryukzak (orqaga ilib
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |