ZAMON GARDISHI
“To‘xtab qolibdi”, - dedi Antonning onasi tutaqib.
“Kim, qayerda to‘xtab qolibdi?”, - so‘radi Anton.
“Soatim, - javob berdi Antonning onasi. – Uni soatsozga olib borasanmi?”
“Doim men ekan-da”. Anton noliganday bo‘ldi. Aslida uning o‘zi ko‘pdan buyon keksa
soatsozning oldiga bormoqchi bo‘lib yurgandi.
“Kechga qolma, kechki ovqat tayyor bo‘lyapti”, - baqirib qoldi onasi uning ketidan.
Anton ustaxona peshtaxtasi oldida to‘xtadi. Keksa soatsoz o‘sha yerdagi soatlarning
yurishini ko‘zdan kechirayotgandi.
“Xayrli tun, - dedi Anton. – Men tuzattirishga soat olib keluvdim”.
Devorlardagi soatlar chiqqillab, tiqqillab, ku-kulab turardi.
Anton devorlardan biriga osib qo‘yilgan bir taxtachaga tikilib qoldi. Unda titroq qo‘l bilan
yozilgani bilinib turgan shunday yozuv bor edi: “Zamonga sayohat, borish va qaytish.
Har bir zamonga qilinadigan sayohat mas’uliyati har kimning o‘ziga yuklatiladi”.
“Zamonga sayohat nima?”- so‘radi Anton. U nomi aytib turganidek, boshqa zamonga
sayohat qilish”.
“Qaysi zamonga ?”- so‘radi Anton.
“Masalan, kechagi kunga. Yoki o‘rta asrlardagi ritsarlar huzuriga.Yoki kelajak asrga.
Zamon o‘tib ketmaydi, qaytib ham kelmaydi.U doim sayohatchi bilan birga bo‘ladi”.
“Tushunmayapman”, - dedi Anton.
“Tushunmayotganing uchun ham sen bunga ishonmaysan”, - deya jilmaydi soatsoz
vaziyatni anglagan holda.
“Men o‘zim tushunmagan narsalarga ko‘proq ishonaman, - e’tiroz bildirdi Anton. – Axir,
bu qiziq-ku. Shuning uchun men zamonga sayohat qilib ko‘rsam bo‘larmikan? Faqat
kechki ovqatga kechikib qolmasam bo‘ldi”.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |