Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

25

Shunaqa. 



Birinchi dars har doimgidan qiziqarli o‘tdi. O‘qituvchi qadimiy yunonlar haqida gapirib 

berdi. Kim kim bilan va nima maqsadda jang qilganini. Ular ancha puxta bo‘lishgan 

ekan. Biror kattaroq ishga kirishishlaridan oldin, oqibati qanday bo‘lishi mumkinligini 

bashoratchi ayoldan so‘rab bilib olarkanlar. Bu taqdir haqida ob-havoni oldindan bilib 

olishday hol ekan. 

Anton sinf ishidan oldin u haqida bashoratchi ayoldan so‘rab bilib olishni ko‘z oldiga 

keltirdi. Hozirgina ularga so‘zlab berilgan bashoratchi ayolning ismi Kasandra ekan. U 

uzun, to‘zigan sochli, nigohlari o‘tkir bo‘lgan qora kiyimli ayolni tasavvur qildi. Uning 

oldida yarqirab turgan billur sharini ham. “Belgilar mos kelmayapti”, - derdi u qat’iy 

ohangda. Shundan so‘ng maktabga bormasa bo‘lardi, uy vazifalarini bajarishga ham 

hojat qolmasdi. 

Tushlik paytida Anton onasidan so‘radi: “Birorta bashoratchi ayolni taniysanmi?” U 

shunday dedi-da, o‘ychan holda ovqatini kovladi. 

“Kimni?” - so‘radi Antonning onasi hayron bo‘lib. 

“Haligi oldindan ayta oladigan ayolni”. 

“Ha, - dedi Antonning onasi. – O‘zim ham senga oldindan aytishim mumkin-ki, agar 

ovqatingni tezroq yemasang, sovib qoladi”. 

Anton sanchqi bilan olgan ovqatini yana joyiga qo‘ydi. O‘sha Kasandra qila olganini 

boshqalar ham qilishi mumkin demoqchimisan?” 

Darhol mushukda allaqanday o‘zgarish sodir bo‘ladi. U shu paytgacha divan 

burchaqidagi joyida jimgina uxlab yotgandi. Endi esa birdan o‘rnidan turib, qaddini 

rostladi-da, Antonga ma’noli qarab qoldi. 

“Mushukga nima bo‘ldi?” – hayratlandi Antonning onasi. 

“Balki nomingni Kasandra qo‘yarmizlar?” - so‘radi Anton bu nomni urg‘u bilan talaffuz 

qilgan holda. Mushuk divandan sakrab tushib, Antonning oyoqlariga suykaldi va uning 

gapiga ko‘nganday bo‘lib qaradi. 

“Bizning oilamizda ham bitta bashoratchi bo‘larkan-da”, - dedi Antonning onasi kinoya 

bilan. 


“Kasandra”. Anton haligi nomni ehtiyotkorlik bilan yana bir marta takrorladi. Mushuk 

baland va Antonga tushunarli holda mirilladi: “Ha, nihoyat topding”.  



SARDOR 

“Yozef Blumrix qaytib kelibdi”, – dedi Antonning onasi. 

“Kim?” – so‘radi Anton. 

“Bir yozuvchi. U qarshimizdagi uyda turadi”. 

“Hmm”, – deb qo‘ydi Anton. Yozuvchilar uni uncha qiziqtirmasdi. 

“U Amerikada yashagan, - gapini davom ettirdi Antonning onasi. – Hopi hindulari 

yurtida. Ular uni o‘z qabilalariga qabul qilishgan. Faxrli sardor sifatida bo‘lsa kerak. Hozir 

u ular haqida kitob yozayotgan ekan”. 

Anton diqqat bilan eshitdi. Hindular sardori bilan tanishishni u ko‘pdan buyon orzu 

qilardi.  

Janob Blumrix qanday kishi ekanligini bilish, Antonni qiziqtirib qo‘ydi. U ro‘paradagi uyni 

kuzata boshladi. U yerda bir keksa, semizroq ayol yashardi. Tabiiyki, u Yozef Blumrix 

emas edi. Uch farzandli yosh er-xotin. Ularni ham gumon qilib bo‘lmasdi. Yolg‘iz 

yashaydigan, oddiy kiyinadigan va uyidan kam chiqadigan mo‘ysafid. “Faxrli hindu 

bo‘lishga hecham yaramaydi”, - o‘yladi Anton. Baland bo‘yli, qorachadan kelgan uzun oq 

sochli erkak Antonning e’tiborini boshqalardan ko‘proq o‘ziga tortdi. Uning kiyinishi ham 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin