www.ziyouz.com kutubxonasi
23
yuriladigan xalta) turardi. Anton yaqinroq bordi. U o‘rdaklar mayda nonlarni
tumshuqlariga olgan holda suvda rosa uvitib, yutib yuborayotganlarini tomosha qilib
turdi.
“Sengayam bir bo‘lak non beraymi?” – so‘radi oqsoch.
“O‘zim yeyishim uchunmi yoki o‘rdaklarga berishim uchunmi?” – bilmoqchi bo‘ldi Anton.
“Senga qaysi ma‘qul bo‘lsa shu”. Chol nonning qolganini Anton bilan bo‘lib oldi.
O‘rdaklarni oziqlantirishda ularning faqat chaqqonlari va olg‘irlari yemishni yulib
ketavermasligiga e’tibor berib turilishi kerak edi.
“Sayr qilib yuribsizmi?”– so‘radi Anton ryukzakga ishora qilib.
“Yo‘q, uydan qochib yuribman”, - dedi chol.
“Nima-a-a?” – so‘radi Anton ishonqiramay.
“Xuddi shunday, uydan ketib qolganman”, - ta’kidladi chol taskin topganday bo‘lib.
“Kishi keksaygach boladay bo‘lib qolarkan. Har holda yoshlar shunday deb o‘ylashadi.
Agar shu to‘g‘ri bo‘lsa, ikkalamiz tengqurmiz, desa bo‘ladi”. U Antonga qo‘lini uzatdi.
“Mening ismim Ervin”.
“Men esa Antonman. Kimlardansiz…”
“Sen degin…” – tuzatdi Ervin. Axir, tengqurlar bir – biri bilan sizlashmaydilar-ku”.
“Xo‘p, - deya gapini davom ettirdi Anton. – Sen kimlardan qochib yuribsan?”
“Qizimdan va uning eridan”.
“Nima, ular senga yomon munosabatda bo‘lishdimi?” – so‘radi Anton qiziqib.
“Yo‘q, unday emas. Chol miyig‘ida kulib qo‘ydi. - Ular menga doim, - ‘sog‘lig‘ingni o‘yla,
dada. Unday qilma, dada. Sen o‘zingni asrashing kerak. Bu sening yoshingga to‘g‘ri
kelmaydi, dada’, - deyaverishadi. Shuning uchun bugun ryukzakimga narsalarimni solib
ketvordim”.
“Xayrlashuv xati yoki shunga o‘xshash narsasizmi?” – so‘radi Anton kuyunib.
“Men ularga meni izlab ovora bo‘lmasliklari haqida ma’lumot qoldirdim”, - tushuntirdi
Ervin xotirjamlik bilan va ryukzakini bog‘ladi. Non tugagandi.
“Ular xavotirlanishi mumkin”, - dedi Anton.
“Hamma narsaga aqli yetadi-ya, - to‘ng‘illadi Ervin . – Ehtiyot bo‘lmasang tez katta
bo‘lib qolishing mumkin”.
Ervin ryukzakini orqaladi.
“Bir oz siz bilan birga yursam, maylimi? - so‘radi Anton. – Uyidan qochgan kishini hech
uchratmaganman”.
“Mayli, - dedi Ervin. – Lekin mendan oyoq kiyimimni kiyib olishimni talab qilmasang
bo‘ldi”. Ervin o‘zining yengil poyafzalini ryukzakiga bog‘lab olgandi.
Ular daryo bo‘yiga borishdi. Ervin ryukzakdan rasm daftarini chiqarib, qalam bilan chiza
boshladi.
“Bu men-ku!” – qichqirib yubordi u Ervinning yelkasi ustidan qarab.
“Uni senga sovg‘a qilaman, - deya jilmaydi Ervin. - O‘zingni taniganing uchun”. Keyin u
toza rasm qog‘ozlaridan kemachalar yasay boshladi. Ular haqiqiy san‘at asarlariga
o‘xshardi: tutun chiqaradigan quvurlari, boshqarish maydonlari va unga tegishli barcha
jihozlari bilan. Ervin kemalarni daryoga qo‘yib yubora boshladi. Keyin ular qirg‘oqda
o‘tirib kun botayotganida suv yuzida oppoq kemalar ulardan uzoqlashib ketayotgan
oppoq kemalarchalarga qarab qolishdi.
“Nabiralaring bormi?” - so‘radi Anton kutilmaganda.
“Afsus yo‘q, - javob berdi Ervin. – Bobolaring bormi?”
“Afsus yo‘q, - dedi Anton. - Mening bitta mushugim, bitta qiz do‘stim, bitta onam va
boshqa joyda yashaydigan dadam bor. Ammo bobom umuman yo‘q”.
“Unday emas, - dedi Ervin. – Endi bor desang ham bo‘ladi. Senday aqlli bolaning hech
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |