Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

20

“Ana”, — Anton Sibille cho‘pli qand yalamaydigan bo‘lganidan keyingina, unga 



uylanishini ko’ngliga tugib qo‘ydi. 

Anton o‘sha xunuk kul rang uyga bir oz yetmasdan to‘xtadi. “Mana shu uy. – Uy 

yaqinida hech kim bo‘lmasa ham u pichirlab gapirdi. - Endi nima qilamiz?” 

“Qo‘ng‘iroq qilamiz va tez yugurib borib anavi plakatning orqasiga yashirinamiz, — taklif 

qildi Sibille. – Ko‘ramiz, qani nima bo‘larkan”. 

“Men hecham bunday qilib ko‘rmaganman, — to‘ng‘illadi Anton tashvishlanib. – Buni 

sezib qolishlari mumkin-ku”. 

“Haqiqatni bilishimiz uchun shunday qilmasak bo‘lmaydi”, — tushuntirdi Sibille. 

“Bo‘pti, — Antonning ovozi uncha dadil chiqmadi. — Kim qo‘ng‘iroq qiladi?”  

“Sen, — dedi Sibille. — Fikr mendan chiqdi”. 

Anton qo‘ng‘iroq qildi va darhol plakatning ortida turgan Sibillening yoniga yugurib 

bordi. Ular yashirinishgan joyidan uy eshigi bir oz ochilganini va bir lahzadan so‘ng yana 

yopilganini ko‘rishdi.  

“Yana bir marta shunday qilib ko‘ramiz ”, — dedi Sibille. 

“Xo‘p”, – uf tortdi Anton. Sibille ba’zan o‘ta tirishqoq bo‘lib ketardi. 

“Yo‘q, endi men, - dedi Sibille. – Sen nafasingni rostlab olganing yo‘q”. 

“Qoyil”, — dedi Anton Sibillening gapidan ruhlanib.  

Bu safar eshik to‘liq ochildi. Bir ayol chiqib, ikkala tomonga qaradi va boshini silkitib 

yana uyga kirib ketdi. 

“Endi navbat meniki”, – dedi Anton va yugurib ketdi. U qo‘ng‘iroq tugmachasini bosish 

uchun qo‘lini ko‘tarishi bilan eshik lang ochildi. Uning oldida Tomas turardi. Anton 

Tomasga tikilib qoldi. “Yuzingga nima bo‘ldi?” — so‘radi u qo‘rqib ketib. Tomasning o‘ng 

ko‘zi shishib ketgan atrofi ko‘k, yashil, sariq aralash tusda edi. Sibille yashiringan 

joyidan chiqib keldi. “O‘zingdan kattaning jig‘iga tegdingmi—so‘radi u qiziqib. – Kichikroq 

bo‘lganida, balki kuching yetgan bo‘lardi”. 

“Qo‘l ko‘tarsa kerak”, — o‘yladi Anton. U Sibilleni himoya qilish yoki qochib qolish 

afzalligini beixtiyor xayolidan o‘tkazdi. Biroq Tomas turgan joyidan jilmadi va hech nima 

qilmadi. 

“Shuning uchun maktabga bormaganmiding?” – dedi Anton duduqlanib va Tomasning 

rang-barang ko‘ziga ishora qildi. 

“ Dadam bunaqa bo‘lib qolishini bilmagan ekan”, – dedi Tomas. 

“Dadang? - so‘radi Anton qizishib. – U tez-tez shunday qilib turadimi?” 

“Faqat ko‘proq ichganida. – Tomas ehtiyotkorlik bilan ko‘zini siypaladi. – Shunday 

paytlarda meni mo‘mataloq qilib qo‘yishi mumkin”. 

“Mo‘mataloq?” — Anton va Sibille deyarli bir vaqtda so‘radilar. 

“Buni mutaxassis shunday deb ataydi, — tushuntirdi Tomas. – Dastlab u siyoh rangda 

bo‘ladi”. 

Uchalasi bir lahza jim turib qolishdi. “Sizlarni ichkariga kirita olmayman”, – dedi Tomas. 

– Hozir uyimiz o‘zimizga ham torlik qilib qolgan”. 

“Ha, unda biz ketdik.” Anton Sibillega savolomuz qaradi. U esa indamay boshini quyi 

soldi. 

“Mo‘mataloq bo‘lib qolganimni sinfdagilarga aytsangiz, miriqib kulishsa kerak”, – dedi 

Tomas o‘ta dardli ohangda.  

“Bo‘lishi mumkin”, – dedi Anton. U Tomasdan doim hadiksirab yurganini ko‘z oldiga 

keltirdi. Endi esa Tomas undan va Sibilledan hayiqib turardi. G‘alati hol. 

“Xo‘p, hozircha”, – dedi Tomas. U o‘girildi va orqasidan eshikni yopdi. 

Bir necha kundan keyin Tomas maktabga keldi. Ko‘zi yana o‘z holiga qaytgan bo‘lsa-da, 

boshini ko‘tarolmay o‘z joyida jimgina o‘tirardi. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin