1. Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavzu rejasi



Yüklə 394,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix15.06.2023
ölçüsü394,49 Kb.
#131071
  1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavz



1. Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi
Mavzu rejasi: 
1. Morfologik kategoriyalar. 
2. So‘zning morfologik shakllar tizimi 
3. So‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari. 
4. Leksik-grammatik kategoriyalari. 
Mavzuga oid tayanch atamalar(birikmalar): 
Grammatika, morfologiya, so’z tarkibi, morfologik tarkibi Morfologik 
kategoriyalar, so‘zning morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil bo’lish 
yo’llari, vositalari, leksik-grammatik kategoriyalari. 
Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) — 
tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish 
qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini 
oʻrganadigan boʻlimi. G. 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. 
Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz 
shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran 
va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, G.da soʻz 
shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning 
kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining 
doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno 
grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat 
qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni 
grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik 
shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. 
Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — 
shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik 
shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri 
boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz 
navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli 
ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema 
atamasidan foydalanmoqdalar. Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga 
birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. 
Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir 
grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir 
grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar 
kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday 
kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida 
tur-jins munosabati mavjud. G. maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, 
amaliy G. va nazariy G.ga boʻlinadi. Amaliy G. muayyan bir tilda gapning toʻgʻri 
qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 
turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy G. Tavsifiy G. til grammatik qurilishini 
tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy G. esa til faktlarining til 
meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki 


notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy G.dan farqdi ravishda, nazariy G. til 
qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini 
oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati 
belgilanadi. Nazariy G.da til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. 
Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. 
Shuning uchun ham nazariy G. umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, 
imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga 
asoslanadi. Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan 
oʻrganilishiga koʻra, G. faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab 
tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl 
qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik 
birliklarni oʻrganish nofaol G. sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili 
bilan ish koʻruvchi G. faol G. hisoblanadi. Faol G.da u yoki bu mazmun qanday 
yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi. Xuddi shu yoʻnalish bilan 
bogʻliq ravishda G. mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) 
G.larga boʻlinadi. Mazmuniy G. mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. 
Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari 
umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy G. 
oʻrganadi. Shakliy G. esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili 
asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik 
kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy 
(ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. 
Funksional G. da asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning 
vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, 
vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi. 
Grammatika (grek. grammatika “harf o‘qish va yozish san’ati”, “harf”) 
atamasi tilning morfologik va sintaktik qurilishi va bu qurilishni o‘rganadigan 
tilshunoslikning bo‘limi ma’nolarida qo‘llaniladi. Demak, grammatika 
tilshunoslikning mofologiya va sintaksis bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. 
Grammatika ko’plab tilshunoslik atamalari kabi ikki ma’noli (bu esa terminlar 
bir ma’noli bo’ladi, degan da’volarning unchalik ham to’g’ri emasligini 
ko’rsatadi)dir. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi 
ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o’rganuvchi sohasi 
anglashiladi. Demak, u so’z va gapning formal-grammatik tomonlarini - so’z 
o’zgarishlarini, sintaktik birliklar va ularning vositalarini, shuningdek, 
ifodalaydigan grammatik ma’nolarini o’rganadi. 
Tilning o’ziga xosligi fonetik, leksik, grammatik strukturalarning yaxlitligidan 
iborat. Ular bir-biridan ajralgan holda emas, yaxlit sistema sifatida mavjuddir. Bu 
yaxlitlikni zohiriy va botiniy tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati 
tovushlarning so’z va qo’shimchalarni, so’zlarning gap va so’z birikmalarini tashkil 
etishida namoyon bo’ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning 
qo’shimcha, so’z, so’z birikmalari ma’nolarini, leksik omilning shu tarzda fonetik, 
grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik hodisalarni farqlashi va nutqqa 
olib chiqishi kabi bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan holatlar etiborga olinadi. 
Grammatika ongda nutqiy qo’llanishga shay turgan leksemalarni grammatik 


vositalar bilan shakllantirib, so’zga aylantiradi, bu so’zlarni o’zaro biriktiradi va fikr 
almashtirish vositalari sifatidagi vazifasini reallashtiradi. 
Tillar o’zaro grammatik xususiyatlariga ko’ra ham tasniflanadi. Masalan, 
o’zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo’laklarni o’z atrofida 
uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, 
bunda inversiyaning bo’lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikki 
yoqlama aloqaga egaligi, to’ldiruvchi va to’ldirilmish, hoi va hollanmish, sifatlovchi 
va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi va 
boshqalar boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda uning bir til oilasiga kirishini 
ta’minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqlarning 
mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida 
o’xshashliklar, morfologik qurilishida esa farqlar ko’proqdir. 
Til hamisha taraqqiyotdadir. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga 
beriladi. Ijtimoiy hayotning o’zgarishi leksikada keskin o’zgarishlar yasaydi. Yangi 
so’zlarning vujudga kelishi, so’zlarning tirilishi, iste’moldan chiqib ketishi kabilar 
bunga misoldir. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o’zgarishlarga befarq 
bo’lib, unda faqat vaqt o’z izlarini qoldiradi. CHunki yaqin yillarda tubdan 
o’zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o’zbek tilining 
morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o’zgarish kuzatilmaganligi buning 
yorqin dalilidir. Lekin asrlar davomida bunday o’zgarishlar bo’lib turadi. Masalan, 
eski o’zbek tilida -gu affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga -m, -ng affikslari 
qo’shilib, ushbu so’zning kesim ekanligini ko’rsatgan: Men ko’rgum tipida. Bu 
hozirgi o’zbek tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, and in, an da, ko’zun ko’rub (ko’zi bilan 
ko’rib) kabi qator so’z shakllar fikrimizning dalilidir. Yoki eski o’zbek tilida Bu 
sening, Bu mening ko’nnishidagi sintaktik qurilma mavjud bo’lgan. U hozirgi kunda 
Bu seniki, Bu meniki ko’rinishiga ega. 

Yüklə 394,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin